Suriluvchi komplekt transformator podstansiyalarining tuzilishi va sxemalarini o`rganish


Download 0.87 Mb.
bet1/2
Sana14.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1268030
  1   2
Bog'liq
elektrj


Suriluvchi komplekt transformator podstansiyalarining tuzilishi va sxemalarini o`rganish


  1. Transformatorlar turlari

  2. Elektr podstansiyasi turlari

  3. Transforrmator nimstantsiyalarining tuzilishi va elektr taqsimoti sxemalari.

  4. Komplekt transformator nimstastiyalarini o`ziga xosligi va elektr uskunalari.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar

O’zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini o‘zgartirib beruvchi statik elektromagnit apparat transformator deyiladi. Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini ma’lum masofaga uzatishda (kuchlanishni oshirish uchun) va uni iste’molchilar orasida taqsimlashda (yuqori kuchlanishni pasaytirish uchun) transformatorlar keng ishlatiladi. Elektr tarmog‘ining muhim apparati hisoblangan transformatorni rus elektrotexnigi P.N.Yablochkov 1876 yilda ixtiro qilgan. Transformatorni yanada takomillashtirish ustida rus ixtirochisi I.F.Usagin ham ko‘pgina tadqiqot ishlari olib borgan.


Elektr energiyasi ishlab chiqarishdan boshqa turga aylanishigacha bo‘lgan jarayon
Transformatorlar ishlatilishiga qarab bir necha xilga bo‘linadi:
Bir fazali yoki uch fazali k u ch t r a n s f o r m a t o r l a r i elektr energiyasini uzoq masofaga uzatishda, uni iste’molchilar orasida taqsimlashda va. umuman, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda ishlatiladi.
A v t o t r a n s f o r m a t o r l a r kuchlanish qiymatini bir oz o‘zgartirish yoki kuchlanish qiymatini noldan boshlab oshirish uchun hamda katta quvvatli asinxron dvigatellarni yurgizish uchun ishlatiladi;
O’ l ch o v t r a n s f o r m a t o r l a r i (kuchlanish transformatorlari va tok transformatorlari) – elektr o‘lchash sxemalarida, yuqori kuchlanishlarni va katta toklarni oddiy o‘lchash priborlari bilan o‘lchash uchun ishlatiladi.
M a x s u s t r a n s f o r m a t o r l a r payvandlash transformatorlari; sinov transformatorlari; radio, televideniye, aloqa va avtomatika qurilmalarida ishlatitadigan transformatorlar; o‘zgaruvchan tokning fazalari sonini yoki chastotasini o‘zgartiruvchi transformatorlar maxsus transformatorlar hisoblanadi.
Elektr podstansiyasi - bu ikki yoki undan ortiq kontaktlarning zanglashiga olib keladigan kuchlanishini, chastotasini, fazalar sonini yoki ulanishlarini o'zgartirish uchun mas'ul bo'lgan o'rnatish. Ular elektr stantsiyalari yaqinida, iste'mol joylarining chekkasida yoki binolarning ichida va tashqarisida joylashgan. Shaharlardagi podstansiyalar ko'pincha makonni tejash va ifloslanishni kamaytirish uchun binolar ichida joylashgan. Bundan farqli o'laroq, tashqi ob'ektlar shahar markazlarining chekkasida joylashgan. Elektr podstansiyalarining bir nechta turlari mavjud:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling