Suriluvchi komplekt transformator podstansiyalarining tuzilishi va sxemalarini o`rganish
Download 0.87 Mb.
|
1 2
Bog'liqelektrj
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori transformatorlar
- Foydalanilgan adabiyotlar
Transformatsion podstansiyalar. Ular bir yoki bir nechta transformatorlar orqali elektr energiyasining kuchlanishini aylantiradilar. Ular yuqoriga yoki pastga tushishi mumkin.
Kommutatsiya podstansiyasi. Ular ikki yoki undan ortiq sxemalarni birlashtiradi va ishlaydi. Ushbu turdagi podstansiyalarda kuchlanish aylantirilmaydi. Yuqori transformatorlar: Ushbu turdagi podstansiya ishlab chiqarilgan kuchlanishni konvertatsiya qilish uchun yuqori darajaga ko'taradi. Pastga tushiruvchi transformatorlar: Nihoyat, kuchaytiruvchi podstansiyalardan farqli o'laroq, pastga tushadigan transformatorlar tarqatish uchun yuqori kuchlanishni o'rtacha darajaga kamaytiradi. Zamonamiz miqyosida ochiq kon ishlab chiqarishida ekskavatorlar va boshqa katta quvvatli uskunalarning statsionar transformartor podstansiyalaridan 35-220/6-10 kV kuchlanishdan quvvat olishi 6-10 kV kuchlanish tarmog’larining uzunligini oshishi, kabellarining maksimal ko’ndalang kesimi oshishi, tarmoqlar ekspluatatsiyasida ishning ko’payishi va og’irlashishi, tarmoqning va unga xizmat ko’rsatishning xarajatlari ortishiga olib keladi. Ekskavatorlar ish joyi tez o’zgarib turishida ekskavator bilan birga yaqinida doimo ko’chiriladigan komplektli transformatorli podstansiya (KKTP) o’rnatilishi o’rinli, hamda bu 35 kV kuchlanishni karyerga chuqurroq kiritib kelishiga va elektr energiyasi sifatini oshirishiga asos bo’ladi. Misol tariqasida, podstansiya KKTP-35/6 kV transformator quvvati 2500-10000 kV*A ga teng va EKG-8i, EKG-12.5, ESh-15/90, ESh-25/100 va boshqa ekskavatorlarini elektr bilan taminlay biladi. Ochiq kon ishlab chiqarishida nafaqat bir koshli ekskavatollarni, balki boshqa katta quvvatli kon uskunalarini, hamda uzoq masofali elektr tarmoqlarida KKTP-35-220/6-10 kV podstansiyalar keng qo’llanilishi kerak. Ayni vaqtda ochiq kon ishlarida transformatori quvvati 1600 dan 4000 kV*A gacha bo’lgan yig’ma komplekt transformator postansiyalar YKTP keng qo’llanilmoqda. Quvvati 10000 kV*A gacha bo’lgan ko’chiriladigan podstansiyalar KKTP turli kuchlanishlar uchun Xitoy, AQSh, Fransiya va Yaponiyada ishlab chiqariladi. Rossiya ko’mir konlarida 35/6 kV kuchlanishga quvvati 1000-3150 kV*A transformatorli KKTP (Chexoslovakiya) qo’llaniladi. EUT-35 da kuchlanish tirgak izolyatorlarga uch qavatli tashqi o’rnatiladigan ajratgich va saqlagich orqali uzatiladi va transformatorga ulanadi. Transformatorning ikkilamchi cho’lg’amlaridagi 6.3 kV kuchlanish yig’uvchi shinalar oqrali taqsimlab beruvchi moslamaga uzatiladi. Quyi kuchlanishni taqsimlovchi moslamasida shinali bo’luvchi, tok transformatori, yuqori kuchlanish o’chirgichlari va tarmoqni ajratgich joylashgan. TM-6 dan kuchlanish tok qabul qilgichga boradi. K o’chiriladigan transformatorli podstansiya PTLA-10000-35/6-10 (1-rasmda elektr sxemasi) o’zaro elektrr va mexanik bog’langan ikkita aravadan iborat. Bir aravada transformator TDP-10000/35, ikkinchisida taqsimlovchi moslamaning yig’ma shinalari (oltita KTMT-6-10 kV) joylashgan. Texnik xavfsizlik qoidalariga mos ravishda transformatorli podstansiya himoyalar bilan, hamda yerga ulovchi kabellarni holatini nazorat qiladigan moslamalar brilan jihozlangan. Uch qutbli ajratgich QR1 35 kV kuchlanishni tranformator T1 ga ulab beradi. Ventilli razryadniklar FV1-FV3 va qisqatutashgich QK2 35 kV kuchlanish tomonga o’rnatilgan. Transformatordan 6 kV kuchlanish taqsimlovchi moslamaning beshta o’chirgichdan QF1-QF5 (VK-10-60) yig’ma shinalariga keladi. Sxemada quvvati 25 kV*A, tranformatsiya kuchlanishi 6.35/0.23 kV bo’lgan o’z ehtiyojlari uchun transformator, hamda turli xil tok va kuchlanish transformatorlari (Tv va TA) bor. Trasformatorning ikkilamchi kuchlanish tarmog’ida razryadniklar FV1-FV4 o’rnatilgan. Podstansiya PTLA-10000-35/6-10 ochiq kon ishlarida 6-10 kV kuchlanishda ishlaydigan ekskavatorlar va boshqa uskunalarni, hamda vaqtinchalik qurilish maydonchalarini taminlashda qo’llashadi. Chuqurroq olib kirish uchun ushbu podstansiyalar elektr istemolchilarini ish joyi yaqinada o’rnatilishi mumkun, shu jumladan ustuplarda ham. Quvvati katta bo’lmagan (20-300 kVt) kon mashinalarini va yurilmalarini (burg’ulash uskunasi, suv tortish nasoslari, ko’chiriladigan kompressor qurilmalari, katta bo’lmagan konveyerlar, yoritivchi moslamalar va hokazo) ochiq kon sharoitida odatda quvvati 25 dan 630 vVt gacha bo’lgan ko’chiriladigan komplekt transformatorli podstansiyalar PKTP 6-10/0,4 kV ishlatiladi. Ko’chriladigan transformator podstansiya PKTP 6-10/0,4 kV (2-rasm) chang’I ramasiga o’rnatilgan 5 taqsimlovchi moslamadan 0.4 kV 1, kuch transformator kamerasidan 2, havo tarmog’ini kiritib beruvhchi blokdan 3, yuqori kuchlanish blogidan 4 tashkil topgan.
Podstansiyani yuqori kuchlanish tarmog’iga ulash, q isqa tutashuv tokidan va atmosfera kuchlanganligidan himoya qilish uchun unda yerga ulovchi pichoqlar bilan RVZ turdagi ajratgich QS, PK turdagi saqlagichlar FU1-FU3, RVP turdagi ventilli razryadniklar FV1-FV2 qo’llanilgan. Kuchlanishi o’zgartiriladigan quvvati 630 kV*A bo’lgan transformatori bor. Transformatorning quyi kuchlanish cho’lg’amlarini himoyasiga razryadniklar qo’yilgan (FV1-FV3). Yorotish, himoya va signalizatsiya uchun o’z ehtiyojlari uchun transformatorlar TV2, TV3 va TV4 o’rnatilgan. Podstansiyani istemolchilarga elektr energiyasini taqsimlash uchun va qisqa tutashuv tokidan, atmosfera kuchlanganligidan himoya qilish uchun unda avtomat ochirgich QF1-QF5 A3700 turdagi, o’chirgich QF6, QF7 AE2056 turdagi, o’chirgich QF8-QF11 AP-50 turdagi o’rnatilgan. Podstansiyada tokni PA, kuchlanishni PV va elektr energiyasi sarfini PI hisoblaydigan moslamalari bor. Izolyatsiyalangan neytralli tarmoqlarda ishlash uchun bir fazali yerga qisqa tutashishdan himoya (asimmetr) o’rnatilgan bo’lib, qisqa tutashuvda asosiy avtomatni o’chirib beradi. Sxemaning kirish qismida havo tarmog’iga lanish joyida X1 qisqichlari, kabel tarmog’i uchun X2 qisqichlari, va transit kabel uchun X3 qisqichlari bor. Shuningdek ichki yortish qurilmalari va olib yuriladigan elektr uskunalar uchun 220/12 volt kuchlanish bor. D onetskda quruq transformatorli, quvvati 100, 250 va 400 kV*A bo’lgan ko’chiriladigan komplekt transformator podstansiya ishlangan. Podstansiya KQKTP-100/6 karyerning yorituvchi moslamalarini, KQKTP-2500/6 va KQKTP-400/6 esa ishchi qurilmalarni elktr bilan taminlash uchun mo’ljallangan. Yuqori kuchlanish tomonidan elektrga ulanish ikki xil ko’rinishda, buyurtmachi so’roviga mos ishlanadi. Quyi kuchlanishda izolyatsiyalangan neytralli bajariladi. Podstansiya KQKTP chang’ida (salazkalarda) o’rnatilgan, muxim qisqich, to’siq, himoya va nazorat apparatlaridan iborat, shu jumladan chiqarib beruvchi kabellerning yerga ulash zanjirlarining butunligini nazorat qiladigan moslamasi ham bor. Podstansiya KQKTP ning o’zga xosligi, unda qurilgan alohida himoya bo’limidir (AZBP). Bu apparat 0.4 kV kuchlanish tarmog’ini tok ortib ketishidan dan himoya qiladi. Transformatorni T1 himoyasi issiqlik relesi sifatida ochib uzadigan kontaktlari yordamida bajarilgan (sxemada ko’rsatilmagan). Bu relelar transformatorning quyi kuchlanish cho’lg’ami tarmog’iga o’rnatilgan. Transformator qizib ketganida rele kontaktlari ochiladi (uziladi) va boshqaruv bloklaridan biridagi oraliq releni ishqa tushiradi, u o’z vaqtida transformatorni o’chiradi. Transformator TV4 o’zining 36 va 127 volt beradigan g’altaklari himoya zanjirlarini taminlaydi, tranformatorlar TV2 va TV3 esa 220 volt kuchlanish bilan yoritish tizimini elektr bilan taminlaydi. Yoritish podstansiyalarida avtomatlashtirilgan yoritish moslamalarini qo’shib berish relesi (fotorele) mavjud. Xulosa Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyojni qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish оbektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‘i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Kon sanoatida rekonstruksiya va modernizasiya rivojlanishi bilan tog'-kon ishlarida elektrlashtirishga yangi katta talablar taqdim etilmoqda: elektr ta'minot chizmalarini ko`proq rasional va samaraliroq ta`minotini joriy qilish, mashina va mexanizmlarning ishlarini uzluksiz va tejamkorligini tavsiflovchi mexnat unumdorligini o`sishi, elektroenergiyani qo`llashda xavfsizlikni ko`tarish.Bo`lg`usi muxandis amaliy rejasida yetarlicha takomillashgan elektrotexnik majmualar va oziqlanish sistemalarni ishlab chiqarishda elektroenergiyani samarali foydalanishni xisobga olgan xolda yaratmog'i lozim. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Nasriddinov Sh.G’., Kon elektrotexnikasi. O’quv qo’llanma. 3-qism. Konchilik korxonalarini elektr ta’minoti. – Toshkent,1995. 2. Plashanskiy L.A., Osnovi elektrosnabjeniya gornix predpriyatiy. -M.:Uchebnik, 2005. 3. Qodirov Т.М., Alimov Х.А., “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti”, 0`quv qo`llanma, ToshDTU. -Т .: 2006. 4. Qodirov T.M., Alimov X.A., Rafiqova G.R., “Sanoat korxonalari va fuqaro binolarining elektr ta’minoti", O'quv qo`llanma, ToshDTTJ, —Т.: 2007. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling