O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


mm – baland platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

1100 mm – baland platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan
200 mm – past platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan; 
1920 mm – baland platformalar uchun yo’l o’qidan; 
1745 mm – past platformalar uchun yo’l o’qidan. 
Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini 
qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlar bo’yicha aniqlanadi. 
Foydalanish jarayonida o’lchamlarning quyidagi chegaralarda o’zgartirilishiga ruxsat 
etiladi: balandlik bo’yicha 200 mm gacha ortishi va 50 mm gacha kamayishi; yo’l o’qigacha 
bo’lgan masofada 30 mm gacha ortishi yoki 25 mm gacha kamayishi. 
Yo’lovchi va yuk platformalari balandligining belgilangan o’lchamlardan oshib ketishi va 
yo’l o’qigacha bo’lgan masofaning belgilangan miqdordan kamayishiga ular joylashgan 
yo’llarning vazifasi, harakatlanayotgan tarkibning turi va harakat tezligiga bog’liq ravishda 
Qurilmalar yaqinlashuvi o’lchamlarini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan ruxsat etiladi. 
Stansiya va peregonlardagi yangi va qayta qurilayotgan baland platformalar, yo’lni 
mashinalashtirilgan ta’mir etish va platformani mexanizatsiyalashtirilgan tartibda tozalash, 
stansiyalarda esa, bundan tashqari, vagon va lokomotivlar harakat qismlarini ikki tomonlama 
ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash imkonini beruvchi konstruksiyaga ega bo’lishi kerak. 
Yo’l va platformalarni ta’mirlash paytida relsning tepa sathidan yo’lovchi va yuk 
platformalarining tepa qismigacha bo’lgan hamda yo’l o’qidan platforma chetigacha bo’lgan 
masofalarni o’zgartirish taqiqlanadi. 
57. Strelka va signallar bevosita boshqarilishi amalga oshiriladigan stansiya postlari, ular 
boshqaradigan tegishli strelka va yo’llar yaxshi ko’rinadigan qilib joylashtirilishi lozim. 
Bunda stansiyalardagi mahalliy sharoitlarga bog’liq ravishda elektr markazlashtirish 
postlari (tepacha postlaridan tashqari) uchun istisnolarga yo’l qo’yilishi mumkin. 
58. Stansiyalarning markazlashtirish postlari va strelka postlarining xonalari DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar bo’yicha zarur signalizatsiya asboblari, 
jihozlar va boshqa asbob-uskuna va ashyolarga ega bo’lishi lozim. Strelkali postlar, bundan 
tashqari, telefon aloqasining tashqi chaqiruv qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
59. Saralash tepachalari, tepacha lokomotivlarining mashinistlariga, tarkib tuzadigan 
brigadalar va boshqa xodimlarga zarur ko’rsatmalarni berish uchun signalizatsiya, radio aloqa va 
ikki tomonlama aloqa qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Ish hajmiga bog’liq ravishda saralash tepachalari vagonlarni tarqatishning 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish qurilmalari, tepacha strelkalarini avtomatlashtirish, 
tepacha lokomotiv signalizatsiyalarini avtomatlashtirish hamda zarur hujjatlarni uzatish va 
yuborish qurilmalari bilan jihozlanadi. Tepacha markazlashtirilishiga qo’shilgan barcha 
strelkalar, mexanizatsiyalashtirilgan tozalash va qorni eritish uskunalari bilan jihozlanadi. 
Avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashgan tepachalari mavjud stansiyalarda tepacha 
uskunalariga 
texnikaviy 
xizmat 
ko’rsatish 
va 
ta’mirlash 
ustaxonalari 
hamda 
mexanizatsiyalashgan maydonchalarning bo’lishi shart. 
60. Barcha saralash stansiyalari, shuningdek, yo’lovchi, uchastka va yuk stansiyalari ish 
hajmiga bog’liq ravishda, manyovr harakatlari to’g’risida ko’rsatmalarni uzatish hamda manyovr 
dispetcherlari, stansiya navbatchilari, poezd tuzuvchilar, lokomotiv mashinistlari, stansiya 
texnologik markazlari, texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, tijorat ko’rigi punktlari, yuk 
xududlari va konteyner maydonchalari xodimlari, yo’l va qor tozalash mashinalariga xizmat 
ko’rsatuvchi xodimlarning manyovr ishlarini tashkil etish, texnikaviy xizmat ko’rsatish va 
poezddagi vagonlarni ta’mirlash masalalari bo’yicha o’zaro gaplashishlari uchun stansiya 


16 
ichidagi dispetcherlik aloqasi, stansiya radio aloqasining manyovr va boshqa turlari hamda ikki 
tomonlama park aloqasi qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi lozim. 
Saralash, uchastka va yuk stansiyalari ish hajmiga bog’liq ravishda, bundan tashqari, 
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari, DATK axborot hisoblash tarmog’i bilan aloqa 
qurilmalari, tashish hujjatlarini qabul qilish va eltish hamda ko’rikdan o’tkazilayotgan va 
ta’mirlanayotgan tarkiblarni markazlashtirilgan to’sish qurilmalari, stansiyalardagi vokzallar esa 
yo’lovchilarga ma’lumot berish uchun aloqa qurilmalari bilan jihozlanadi. 
61. Stansiyalarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish inshootlari, poezdlarni qabul qilish va 
jo’natish, yuk ortish-tushirish va manyovr ishlarini bajarish, anjomlash, harakat tarkibiga 
texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash yo’llari va parklari, yuk hududlari, konteyner 
maydonchalari, saralash maydonchalari, saralash platformalari, vagon tarozilari, shuningdek, 
xodimlar poezdlarni kutib oladigan joylarda strelka bo’g’izlari, omborlar, kesishmalar, zarur 
hollarda esa boshqa yo’l va punktlar yoritilishi shart. 
Yoritish DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan me’yor talablariga javob berib
poezdlar harakati va manyovr harakatlarining xavfsizligini, vagonlarga chiqarish va tushirish 
paytida yo’lovchilarning xavfsizligini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning uzluksiz va xavfsiz 
faoliyatini va yuklarni muhofaza qilinishini ta’minlashi lozim. 
Ish hajmi kam bo’lgan oraliq stansiyalarda yuk va manyovr ishlari olib borilmayotgan 
paytda stansiyaning yuk ortish-tushirish va boshqa yo’llaridagi tashqi yoritishni seksiyali 
o’chirish qurilmalari mavjud bo’lishi kerak. 
Yo’lovchi to’xtash punktlarida yo’lovchilarni vagonlarga chiqarish va vagonlardan 
tushirish hamda yo’lovchilar uchun ajratilgan xonalar yoritilishi lozim. 
Tashqi yoritish signal chiroqlarining aniq-ravshan ko’rinishiga ta’sir etmasligi lozim. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling