O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


-ilova  Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
PTE uz (1)

2-ilova 
Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha 
tezliklar bilan harakatlanish uchastkalarida temir yo’l transportidan 
texnik foydalanishni tashkil etish bo’yicha 
umumiy talablar 
1. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan 
harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi belgilangan tezliklardagi 
harakatni ta'minlashi hamda me'yor va qoidalarga muvofiq bo’lishi kerak.
2. Yo’lovchi poezdlarining egrilar bo’yicha 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha 
eng katta harakat tezliklari so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning yo’l qo’yilishi mumkin 
bo’lgan ko’rsatkichi, uning ko’payishi tezligidan oshmaslik shartidan hamda relsshpal 
panjarasining barqarorligidan kelib chiqib belgilanadi.
3. Peregonlar va temir yo’l stansiyalaridagi inshoot va qurilmalar 200 km/soat dan ortiq 
va 250 km/soat gacha tezliklarda me'yor va qoidalarga binoan S250 qurilishlarning yaqinlashish 
gabaritiga muvofiq bo’lishi kerak.
4. 200 km/soat dan ortiq tezliklarda yo’lovchi poezdlarining harakati amalga 
oshiriladigan temir yo’l liniyasining butun uzunligida blok-uchastka yoki peregon uzunligiga 
teng pletlardan iborat uloqsiz temir yo’llar yotqiziladi.
5. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan yo’lovchi poezdlari qatnovi 
amalga oshiriladigan uchastkalarning temir yo’l liniyalari to’silgan bo’lishi kerak.
6. 200 km/soat dan ortiq tezliklarda yo’lovchi poezdlari o’tkaziladigan umumiy 
foydalanish temir yo’llarining yoqasida joylashgan yo’lovchi platformalari, platforma 
chekkkasidan kamida ikki metr masofadagi muhofaza to’siqlariga ega bo’lishi kerak.
200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanuvchi yo’lovchi 
poezdlarining platformalarga yaqinlashishi xaqida ma'lumot yo’lovchilarga va unda hozir 
bo’lgan shaxslarga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda yetkazilishi kerak.
7. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklardagi yo’lovchi poezdlarining 
temir yo’l stansiyalari bo’ylab ichkaridan o’tkazilganda ular asosiy temir yo’llar bo’yicha 
harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni temir yo’l stansiyasining yonbosh qabul 
qilish-jo’natish temir yo’lidan yoki peregonning noto’g’ri temir yo’lidan o’tkazilishi 
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 
8. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan 
temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan bir sathda kesishadigan uchastkalari bo’ylab 
harakatlanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Temir yo’l liniyasi bilan turli sathlarda temir yo’llar orqali odamlarning o’tish, chorva 
mollarini haydab o’tish joylari va yovvoyi hayvonlarning ko’chish yo’llari barpo qilinishi kerak.
Avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi mavjud kesishishlar avtotransportning temir 
yo’llarga chiqib ketishini bartaraf etuvchi kesishmalarni to’sish moslamalari (keyinchalik - 
KTM) bilan to’sish shartida vaqtinchalik saqlab qolinishi mumkin.
Zarur holatlarda ayrim kesishmalarda tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida 
qo’shimcha xavfsizlik chorasi sifatida kesishma navbatchisi postining qarama-qarshi tomonida 
joylashgan zahira gorizontal-buriluvchi to’sma g’ovlar (shlagbaumlar) berkitilishi va qulflanishi 

Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
27.08.2001 yil 20-15-205/11-son xati);


93 
kerak. Bunday kesishmalar ro’yxati "O’zbekiston temir yo’llari" DATK rahbariyati tomonidan 
belgilanadi.
9. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan 
harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi ko’rsatib o’tilgan harakat 
tezliklarida poezd radioaloqasini va ma'lumotlar yetkazilishini ta'minlovchi radio aloqa tizimlari 
bilan jihozlanishi kerak. 
10. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklardagi yo’lovchi tashishlariga 
xizmat ko’rsatuvchi elektr poezdlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan talablarga 
muvofiq bo’lishi kerak.
11. Mazkur Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha 
tezliklar bilan harakatlanish uchastkalarida temir yo’l transportidan texnikaviy foydalanishni 
tashkil etish bo’yicha umumiy talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK bilan kelishilgan.
(O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari 
"O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq 2-ilova 
bilan to’ldirildi). 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling