O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
PTE uz (1)

§2. Vagonlar 
90. Tezyurar yo’lovchi poezdlarining tarkiblari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK 
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq yaxlit metall yo’lovchi vagonlaridan tuziladi.


86 
91. 141-200 km/soat tezlik harakatlari uchun, Vagon g’ildirak juftlarini ko’rigi, tekshirib 
chiqilishi va tuzilishi bo’yicha yo’riqnoma talablarini va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK 
tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondiruvchi g’ildirak juftlaridan foydalanish kerak.
92. 141-200 km/soat tezliklar uchun tormoz jihozlari Hamdo’stlik davlatlari-
qatnashchilari, Latviya, Litva, Estoniya temir yo’llari harakat tarkibining tormozlardan 
foydalanish bo’yicha qoidalar talablariga va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan 
belgilangan qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak.
93. 141-200 km/soat tezliklar uchun harakat tarkibining avtoulash qurilmasi Hamdo’stlik 
davlatlari-qatnashchilari, Latviya, Litva, Estoniya temir yo’llari harakat tarkibining avtoulash 
qurilmasi ta'miri va xizmat ko’rsatilishi bo’yicha Yo’riqnoma talablarini va "O’zbekiston temir 
yo’llari" DATK tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondirishi kerak.
94. Tebranishlarning gidravlik so’ndirgichlari 90 mm porshen yurishi bilan 
konstruksiyaviy ikki tomonlama ta'sirli bo’lishi kerak.
Tebranishlarni pasaytirish koeffisienti O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti 
xavfsizligi me'yorlarini qondiruvchi boshqa gidro so’ndirgichlarni qo’llashga yo’l qo’yiladi.
95. Vagonlarning deraza oynalari konstruktorlik hujjatlari talablariga va belgilangan 
talablarga muvofiq bo’lishi kerak; oyna qalinligi - kamida 5+0,5 mm.
96. Ventilyatsiya tizimi tomonidan beriluvchi havoning tozalanishi inersiyaviy o’z-o’zini 
tozalash filtrlarini (birinchi bosqich) va seriyali ishlab chiqariluvchi oddiy vagonlarda 
qo’llaniluvchi moyli kontakt filtrlarini qo’llab (ikkinchi bosqich) ikki bosqichli bo’lishi kerak. 
Bunda moyli filtrlarni regenaratsiya qilish (tiklash) oyiga bir marta amalga oshirilishi kerak. 
Agar o’z-o’zini tozalash inersiyaviy filtrlari o’rnatilmagan holat bo’lsa, moyli filtrlar 
regenaratsiyasini har bir reysdan keyin amalga oshirish talab etiladi.
97. Sovuq havo, qor va chang esib kirishini bartaraf etish uchun yo’lovchi salonlar va 
tezyurar yo’lovchi poezdlari vagonlarining tamburlari germetikligini oshirishni ta'minlash kerak.
98. Tezyurar poezd tarkiblariga texnik xizmat ko’rsatish tartibi va rejaviy ta'mir 
turlarining texnologik jarayoni, ularning davriyligi, tezyurar harakatning harakat tarkibi alohida 
uzellari va detallariga talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
99. Vagonlarning tormoz jihozlari texnik xizmati Vagonlarning tormoz jihozlarini 
ta'mirlash bo’yicha yo’riqnoma, Hamdo’stlik davlatlari-qatnashchilari temir yo’llari harakat 
tarkibining tormozlardan foydalanish bo’yicha qoidalar talablariga va quyidagi qo’shimcha 
talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak:
tuzish va aylanish punktlarida elektr pnevmatik tormozni sinab ko’rishda uni 
tormozlangan vaziyatda to’sish holatida 5 daqiqa mobaynida tekshirish;
diskli tormozlarning texnik xizmati va ta'mirini ishlab chiqaruvchi zavod texnik 
hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
kolodkali tormozlarga xizmat ko’rsatish va ta'mirlashda faqat issiq o’tkazuvchi 
materialdan ishlangan kompozision kolodkalarni qo’llashga ruxsat etiladi;
kolodkalarni qo’yish va almashtirishda tormoz boshmoqlari va fiksatorlari holatiga 
alohida e'tibor qaratish. Tormoz richagli uzatmaning sharnirli birikmalari belgilangan markadagi 
o’q moyi bilan moylanadi;
141-160 km/soat harakat tezliklari uchun kolodka tormozli KVZ-SNII va KVZ-SNII-M 
tipidagi aravachali vagonlarning depo va tub ta'mirlarida vagon aravachalari richag uzatmasining 
valik va vtulkalarini yangilariga, ularning holatidan qat'i nazar, yalpisiga almashtirishni amalga 
oshirish;
141-160 km/soat harakat tezliklari uchun kolodka tormozli KVZ-SNII va KVZ-SNII-M 
tipidagi aravachalardagi yo’lovchi vagonlarining tormoz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatishda, 
foydalanishda, ta'mirlashda va sinashda stend magistral rezervuari va vagon magistralida 
zaryadlash bosimi ko’rsatkichi 0,55 - 0,56 MPa (5,5-5,6 kgf/sm
2
) bo’lishi kerak, to’liq xizmat 
tormozlanishida tormoz silindridagi bosim ko’rsatkichi 0,44-0,46 MPa (4,4 - 4,6 kgf/sm
2
)ni 
tashkil qilishi mumkin;


87 
tuzish va aylanish punktlarida, shuningdek depo va tub ta'mirlarda kolodka tormozli 
KVZ-SNII va KVZ-SNII-M tipidagi aravachalardagi vagonlarning tormoz silindrlaridan 
shtokning chiqishini to’liq xizmat tormozlanishida tormoz richag uzatmasining avtoregulyatori 
qobig’iga uzatma tirgagini zichlab o’rnatib, 130-140 mm ko’rsatkichda rostlash.
Qish davrida tormoz richag uzatmasi harakatchan birikmalarining muz bilan qoplanishida 
va kolodkalarda muzning mavjudligida poezdning jo’nashiga yo’l qo’yilmaydi.
160-200 km/soat tezlik bilan tezyurar harakat uchun yo’lovchi vagonlarining tormoz 
jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish, foydalanish, ta'mirlash va sinashiga talablar ishlab 
chiqaruvchi zavodning normativ-texnik hujjatlari bilan belgilanadi.
100. Tezyurar poezdlardagi vagonlarga xizmat ko’rsatish tegishli malaka va kamida ikki 
yil ish stajiga (poezd boshlig’i - kamida uch yil) va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK 
tomonidan o’rnatilgan tartibda imtihon topshirib, tezyurar poezdlar vagonlariga xizmat 
ko’rsatish xuquqini beruvchi tegishli guvohnomaga ega xodimlardan tashkil topgan poezd 
brigadasi, vagon-restoranlar va vagon-dizel-elektrstansiyasi brigadalari tomonidan amalga 
oshiriladi.
101. SKNB ishga tushishida yoki harakat xavfsizligiga xavf soluvchi vagonning boshqa 
nosozligi aniqlanganda, poezd brigadasi yoki vagon-restoran, vagon-dizel-elektrstansiyasi 
brigadasi xodimi zudlik bilan shaxsan yoki poezd ichki telefon aloqasi orqali bu xaqida poezd 
boshlig’i va lokomotiv mashinistiga, poezdni zudlik bilan to’xtatish kerakligi to’g’risida xabar 
berishi kerak. Agar bunday xabarni lokomotiv mashinistiga yetkazish imkoniyati mavjud 
bo’lmasa (poezd ichki telefon aloqasi yoki radio aloqa nosoz), ko’rsatib o’tilgan xodimlar 
tomonidan poezd stop-kran bilan to’xtatilishi mumkin.
Tezyurar yo’lovchi poezdlarining vagonlari lokomotiv mashinistini bog’laydigan poezd 
ichki radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak.
102. Yong’in ro’y berishi holatida poezd zudlik bilan to’xtatiladi va "O’zbekiston temir 
yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda yong’inni o’chirish choralari ko’riladi.
103. Mazkur paragrafda ko’rsatib o’tilgan talablar barcha yangi yo’lovchi vagonlarni 
qurishda va rejaviy ta'mir turlarini amalga oshirishda bajarilishi kerak.
104. Tezyurar yo’lovchi poezdlari (161-200 km/soat) uchun yo’lovchi vagonlarning 
texnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash tizimi, ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlariga 
muvofiqlashtirilishi kerak.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling