O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


VI bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalarda


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
PTE uz (1)

VI bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalarda 
harakatni tashkil etish. Tezyurar yo’lovchi poezdlarini 
stansiyalar va peregonlar orqali o’tkazish tartibi 
 
120. Jo’nash va yetib kelish punktlarida, shuningdek oraliq to’xtash punktlarida tezyurar 
yo’lovchi poezdlarini qabul qilish va jo’natish stansiya TBA (texnikaviy-boshqaruv akti)da 
ko’rsatilgan ixtisoslashtirilgan yo’llarda amalga oshiriladi.
121. Stansiyalar orqali tezyurar yo’lovchi poezdlarini o’tkazishda manyovr ishlari va 
yo’llardagi olib qo’yiladigan birliklarning boshqa har qanday harakatlari tezyurar yo’lovchi 
poezdining qo’shni stansiyadan chiqish vaqtiga to’xtalishi, manyovrlar rahbari esa manyovrlar 
amalga oshirilgan yo’lda qoldirilgan vagonlar ketib qolishdan stansiya TBA da belgilangan 
normalarga muvofiq mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi va stansiya navbatchisiga bu 
xaqida xabar berishi kerak.
122. Tezyurar yo’lovchi poezdlarini o’tkazish uchun marshrutlarni tayyorlash bilan 
bog’liq barcha operatsiyalar poezd o’tishidan kamida 10 daqiqa oldin oxiriga yetkazilishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdining ichkaridan o’tkazish marshrutiga kiruvchi strelkalarni 
yangi marshrutlarni o’rnatish uchun o’tkazish faqat poezd stansiyadan o’tib ketgandan keyin 
amalga oshirilishi kerak.
123. Majburiyatlariga poezdlarni kutib olish va kuzatish vazifasi kiritilgan stansiya 
navbatchilari, signalchilar va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK korxonalarining boshqa 
xodimlari tezyurar yo’lovchi poezdlari o’tishidan kamida 5 daqiqa oldin kutib olish uchun 
belgilangan joylarda turishlari va bunda ushbu poezd harakatlanuvchi yo’lning chekka relsiga 5 
m dan kam masofaga yaqinlashishi kerak emas.
124. Tushirilgan yoki ortish uchun tayyorlab qo’yilgan bagaj va pochta, pochta-bagaj 
aravachalari, shuningdek tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkaziladigan yo’l yoqasidagi yo’lovchi 
platformalarida joylashgan boshqa yuklar va buyumlar, ushbu poezd o’tkazilishidan oldin 
mazkur yo’l platformasi chekkasidan kamida 2 m masofada joylashtirilishi, aravachalar esa, 
bundan tashqari mahkamlangan bo’lishi kerak.
125. Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin barcha olib 
qo’yiladigan birliklar (ta'mir minoralari, yo’l vagonchalari, olib qo’yiladigan defektoskop 


90 
aravachalari) ushbu poezd harakatlanish marshrutiga kiruvchi yo’llardan, shuningdek mazkur 
marshrutga chiqishga ega bo’lgan yo’llardan olib qo’yilishi va mahkamlanishi kerak.
Agar tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishiga 1 soatdan kamroq vaqt qolsa, olib qo’yiladigan 
birliklarning, shuningdek olib qo’yilmaydigan motor-rels transportining peregonga yo’lga 
chiqishi taqiqlanadi.
126. Stansiya va to’xtash punktlari yo’lovchi platformalarida, chipta kassalari yonida, 
yo’ldan o’tish joylarida, temir yo’l kesishmalarida odamlarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tish 
vaqti xaqida e'lonlar hamda ularni o’tishida alohida ehtiyotkorlik xaqida ogohlantirishlar osib 
qo’yilishi kerak. Bunda navbatchi xodimlar, shuningdek poezdlarni platformalarda kutayotgan 
yo’lovchilar, platforma chekkasidan xavfsiz masofaga uzoqlashishlari kerak (kamida 2 m).
127. Stansiyalar, vokzallar bo’yicha navbatchilar tezyurar yo’lovchi poezdi yaqinlashishi 
va odamlarning xavfli xududda bo’lishlarining taqiqlanishi xaqida oldindan xabardor qiladilar. 
Xabardor qilish yo’lovchilarga ma'lumot yetkazish aloqasi orqali tezyurar yo’lovchi poezdi 
o’tishidan kamida 15 daqiqa oldin xabarni 5 daqiqalik intervalda uch marta takrorlab amalga 
oshiriladi. Stansiyada yo’lovchilarga ma'lumot yetkazish aloqasi yo’qligida yoki nosozligida 
yo’lovchilarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi xaqida xabarlash megafonlar yordamida amalga 
oshirilishi kerak.
128. Stansiyada turgan yo’lovchi poezdlarining kuzatuvchilari qo’shni yo’ldan tezyurar 
yo’lovchi poezdi o’tishidan oldin bu tomondan vagon eshiklarini berkitishi va yo’lovchilarni 
bunday poezd o’tishi xaqida ogohlantirishlari shart.
129. Ikki yo’lli peregonlarda tezyurar yo’lovchi poezdlarining yuk poezdlari va boshqa 
harakat tarkibi bilan, yo’lovchi va shaharlararo poezdlardan tashqari, kesishishiga ruxsat 
etilmaydi.
130. Stansiya orqali ichkaridan o’tkazishda tezyurar yo’lovchi poezdlari asosiy yo’llar 
bo’yicha harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni stansiyaning yonbosh qabul 
qilish-jo’natish yo’lidan, shuningdek peregonning noto’g’ri yo’lidan o’tkazilishiga, "O’zbekiston 
temir yo’llari" Yagona dispetcherlik markazi boshlig’i yoki uning o’rinbosari ruxsat berishi 
mumkin.
131. Noto’g’ri yo’ldan harakatlanishda poezd tezligi 120 km/soat dan, noto’g’ri yo’l 
marshruti bo’yicha joylashgan kesishmalardan o’tishda esa, agar ular avtomat signalizatsiyasi 
qurilmalari va to’sish jihozlari bilan faqat to’g’ri yo’l bo’yicha jihozlangan bo’lsa, 40 km/soat 
dan oshmasligi kerak. Tezyurar yo’lovchi poezdining noto’g’ri yo’l bo’yicha yoki jadvaldan 
og’ish bilan jo’nashi to’g’risida kesishma navbatchilari telefon orqali xabardor qilinishlari kerak.
Asosiy va ular bilan qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi masofalar 6850 mm dan kichik 
bo’lgan stansiyalar orqali tezyurar yo’lovchi poezdlarining o’tkazilish tartibi stansiyalar texnik-
doshqaruv aktlari bilan belgilanadi.
132. Stansiyaning yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan tezyurar yo’lovchi poezdining 
majburiy o’tkazilish zaruratida poezd dispetcheri oldindan, hali poezd avvalgi stansiyadan 
o’tmasidan oldin, poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh yo’l orqali kelgusidagi o’tkazilishi 
xaqida radio aloqa orqali xabarlashi kerak hamda uning xabari mashinist tomonidan qabul 
qilinganligiga ishonch hosil qilgach, poezdning keyingi harakatiga ruxsat beradi.
133. Tezyurar yo’lovchi poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh qabul qilish-
jo’natish yo’li orqali kelgusidagi o’tkazilishi xaqida radio aloqa orqali xabarlash imkoni mavjud 
bo’lmagan holatda poezd dispetcheri ko’rsatmasiga binoan poezd avvalgi stansiyada to’xtatiladi. 
To’xtashdan keyin radio aloqa orqali, agar u ishlamasa - stansiya xodimi orqali lokomotiv 
mashinistiga uni qo’shni stansiyada yonbosh yo’l orqali o’tkazilishi xaqida xabar yetkazilishi 
kerak. Xuddi shunday tartibda (poezdning stansiyada to’xtashidan keyin) barcha tezyurar 
yo’lovchi 
poezdlarining 
lokomotivlari 
mashinistlariga 
kutilmasdan 
yuzaga 
kelgan 
ogohlantirishlar xaqida xabarlar yetkaziladi. Tezyurar yo’lovchi poezdini yonbosh qabul qilish-
jo’natish yo’lidan o’tkazish zarurati, u hali stansiyaga tutashuvchi peregondaligida yuzaga 
kelganda, poezd taqiqlash kirish signali oldida to’xtatilishi, u ochilgandan keyingina stansiyaga 
qabul qilinishi kerak. 


91 
134. Jadvalda nazarda tutilmagan stansiyada tezyurar yo’lovchi poezdining to’xtashi 
zarurati yuzaga kelishida, poezd dispetcheri yoki to’xtash mo’ljallanayotgan stansiya navbatchisi 
bu xaqida mashinistni poezd radio aloqasi orqali ogohlantirishi kerak.
135. Tezyurar yo’lovchi poezdining jadvaldan og’ishlarida uni o’tkazishga faqat ushbu 
poezd uchun poezd harakatlari grafigida o’rnatilgandan kamaytirilmagan poezdlar aro 
intervallari bilan ruxsat etiladi.
136. Lokomotiv ALS qurilmalari ishdan chiqishi holatlarida mashinist bu xaqida radio 
aloqa orqali stansiya navbatchisi, poezd dispetcherini xabarlaydi va poezd dispetcheri buyrig’ini 
olgach, ALS qurilmalari ishi tiklangunga qadar, 120 km/soat dan oshmagan tezlikda, yo’l 
svetoforlari ko’rsatishlariga va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va 
manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada nazarda tutilgan talablarga amal qilib harakatlanadi.
137. Radio aloqa nosozligida mashinist eng yaqin bo’luvchi punktda poezdni to’xtatishi 
va bu xaqida stansiya navbatchisi orqali poezd dispetcheriga xabar berishi shart. Bunda, tezyurar 
yo’lovchi poezdining keyingi harakatlanishi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan 
tartibda amalga oshirilishi kerak.
138. Tezyurar yo’lovchi poezdining peregondagi majburiy to’xtashida lokomotiv va 
poezd brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda harakat qiladilar.
139. Tezyurar yo’lovchi poezdlari lokomotivlarining oldingi kabinalarida yurishga, 
lokomotivlarda yurish xuquqiga ega shaxslardan ko’pi bilan 2 kishiga ruxsat etiladi (mashinist-
yo’riqchisini hisobga olib).
140. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK bilan 
kelishilgan.
(O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari 
"O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq 1-ilova 
bilan to’ldirildi).


92 
O’zbekiston Respublikasi
temir yo’llaridan texnikaviy
foydalanish qoidalariga


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling