O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


§9. Ishlar joylarini to’sish va xodimlar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

§9. Ishlar joylarini to’sish va xodimlar 
xavfsizligini ta'minlash tartibi 
79. Peregon va stansiyalarda poezdlar harakati uchun to’siq joylarni va ishlar amalga 
oshirish joylarini to’sish, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarda signallashtirish bo’yicha 
yo’riqnoma, Yo’l ishlarini amalga oshirishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha 
yo’riqnoma va Kontakt tizimida ishlarni olib qo’yiladigan izolyatsiyalovchi minoralardan turib 
amalga oshirganda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha yo’riqnomalar bilan 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yo’lovchi poezdlarining 161-200 km/soat tezlik 
bilan harakatlanish uchastkalarida A va B masofalar quyidagiga teng qilib olinadi:
0,006 dan kam rahbariy pasayishlar mavjud peregonlarda mos ravishda, 1600 va 1800 m;
0,006 va undan tikroq, biroq 0,010 dan oshmagan rahbariy pasayishlar mavjud 
peregonlarda mos ravishda, 1700 va 1900 m.
Agar tezyurar poezd o’tishiga 1 soatdan kam vaqt qolgan bo’lsa, to’xtash yoki tezlikni 
pasaytirish signallari bilan to’silishi talab etiladigan rejaviy ishlarni boshlash taqiqlanadi.
80. Yo’l, inshootlar va qurilmalardagi barcha ishlar, shu jumladan ularning ko’rik va 
tekshirishlari ham, tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin to’xtalishi kerak. 
Yo’l, inshootlar va qurilmalar poezd xavfsiz o’tishini ta'minlovchi holatga keltirilishi, materiallar 
va asboblar yo’ldan olib qo’yilishi va tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa 
oldin barcha ishlovchilar chekka relsdan kamida 5 m masofaga uzoqlashishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi kutilayotgan yo’lga qo’shni yo’ldagi ishlar to’xtalishi 
va ishlovchilar ushbu poezd o’tishidan 10 daqiqa oldin mazkur yo’l chetiga o’tib turishlari kerak. 
Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tib ketmaguncha ushbu yo’llarda ishlarni qayta boshlash 
taqiqlanadi.
81. Katta yo’l ustalari, yo’l ustalari, yo’l brigadirlari, SSB va aloqa qurilmalariga xizmat 
ko’rsatuvchi rayon kontakt tizimi elektrmexanik va elektrmontyorlari va boshqa xodimlarning 
yonida tezyurar poezd harakatlanishi jadvalidan ko’chirma bo’lishi kerak.
Ishlarni boshlashdan oldin ishlar rahbarlari tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi vaqtini 
stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheridan aniqlashtirib olishlari kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdlari kech qolishlarining har bir holati xaqida poezd dispetcheri, 
kesishmalar bo’yicha navbatchilarni ogohlantiruvchi barcha stansiya navbatchilarini xabardor 
qilishi kerak.
82. O’z lavozim vazifalariga ko’ra yo’l va qurilmalarda ishlarni boshqarishi, shuningdek 
ularni ko’rigini amalga oshirishi mumkin bo’lgan barcha xodimlar yonida radiostansiya bo’lishi 
va stansiya bo’yicha navbatchilar, lokomotiv mashinistlari bilan radio aloqadan foydalanishi, 
shuningdek peregon aloqasi telefonlari kalitlariga va ushbu aloqadan foydalanish uchun telefon 
trubkalariga ega bo’lishi kerak.


85 
Yo’l va kontakt tizim xodimlarida mavjud bo’lgan telefonlarning texnik tekshirish va 
tamg’alashlari signallashtirishtirish va aloqa distansiyalari xodimlari tomonidan har oyda amalga 
oshiriladi.
Barcha signalchilar ham radiostansiyalarga ega bo’lishi kerak.
83. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnash uchastkalarida ishchi poezdlarga xizmat 
ko’rsatuvchi va ochiq harakat tarkibida joylashgan odamlarning xavfsizligini ta'minlash uchun 
ishlar rahbari peregon bo’yicha harakatlanganda yoki ishlarni bajarishda qo’shni yo’ldan 
tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan 20 daqiqa oldin ishlarni tugatishi, ishchi poezdini to’xtatishi 
shart va 20 daqiqa oldin barcha xodimlar, yo’l mashinalari mexaniklaridan tashqari, yo’ldan va 
ochiq harakat tarkibidan xavfsiz masofaga chetga chiqishlari kerak.
84. Yo’l mashinalari mexaniklari tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan 20 daqiqa oldin 
ishlarni tugatishi va mashina ishchi organlarini qo’shni yo’l tomondan gabarit holatga keltirishi, 
boshqaruv kabinalarida qolib, ushbu poezd xavfsiz o’tishi choralarini ko’rishi lozim.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling