O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

§6. SSB va aloqa 
60. Yo’lovchi poezdlari 140 dan 200 km/soat gacha harakat tezliklari bilan qatnovi 
amalga oshiriluvchi temir yo’l uchastkalarida joylashgan peregon va stansiyalar:
avtomatik blokirovka, ALSN avto to’xtashi bilan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi
ko’p belgili ALS, strelkalar va signallarni elektr markazlashtirilishi, dispetcherlik 
markazlashtirish yoki dispetcherlik nazorati mikroprosessor qurilmalari, nosoz vagonlarni 
avtomatik ravishda aniqlovchi qurilmalar, TFQ ga muvofiq aloqa va radio aloqa turlari bilan 
jihozlanishi kerak.
Poezdlar harakatini boshqarish avtomat tizimlari, avtomatlashtirilgan ish joylari tizimlari, 
poezdlarning tormozlashni avtomat boshqarish tizimlari (SAUT) rejaviy tartibda joriy qilinishi 
kerak.
61. Elektr markazlashtirish qurilmalarida yo’nalishlarni tutashtirish ikki yoki uch 
yaqinlashish blok-uchastkasidan oldin amalga oshirilishi kerak, bunda ularning jamlangan 
uzunligi 200 km/soat tezlikda shoshilinch tormozlanish yo’lidan kam bo’lmasligi kerak.
62. Uch yoki to’rt belgili signalizatsiya va ALSN li avtoblokirovka bilan jihozlangan 
uchastkalarda, yo’lovchi poezdlarining 140 dan 160 km/soat gacha tezlik bilan harakatlanishi 
yo’l va lokomotiv svetoforlari signallari bo’yicha yopiq svetofor oldida to’xtash bilan xizmat 
tormozlanishi qo’llanilishida lokomotiv svetofori yashil chirog’ini sariqqa almashishida amalga 
oshiriladi. 160 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanish ko’p belgili ALS li yo’l va lokomotiv 
svetoforlari signallari bo’yicha amalga oshiriladi.
63. To’rt belgili avtoblokirovkali uchastkalarda sariq chiroq kodli signalini bir sariq 
chiroqli yo’l svetofori oldida ham, shuningdek bir vaqtning o’zida yonuvchi bir sariq chiroqli va 
bir yashil chiroqli svetofor oldida ham uzatishga yo’l qo’yiladi. Bunda blok-uchastkalar 
uzunliklari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
uchta qo’shni blok-uchastkalar jamlangan uzunligi xizmat tormozlanishi va amalga 
oshirilgan maksimal tezlikda ushbu joy uchun aniqlanuvchi tormozlash yo’lidan kam 
bo’lmasligi, shuningdek, ALS-EN qurilmalarining poezd tormoz tizimiga ta'sir qilgunicha kerak 
bo’ladigan vaqt mobaynida poezdning taqiqlovchi ko’rsatkichli svetofor oldida to’xtashiga 
qadar bosib o’tadigan masofani hisobga olib shoshilinch tormozlanishdagi tormozlash yo’lidan 


83 
kam bo’lmasligi kerak. Bunda xizmat tormozlanishining tormozlash yo’lida lokomotiv svetofori 
ko’rsatkichining yashildan sariqqa o’tishiga kerak bo’lgan 6 soniyaga teng vaqt va uni mashinist 
tomonidan qabul qilish uchun kerak bo’lgan 3 soniya, ya'ni jami 9 soniya vaqt mobaynida 
poezdning bosib o’tuvchi yo’li hisobga olinishi kerak;
ikkita qo’shni blok-uchastkalar jamlangan uzunligi amalga oshirilgan maksimal harakat 
tezligini yo’lning ushbu joyida bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish uchun 
belgilangan tezlikkacha pasaytirishga kerak bo’ladigan xizmat tormozlanishi tormoz yo’lidan 
(poezdning 9 soniya vaqt ichida bosib o’tadigan yo’lini ham hisobga olib) kam bo’lmasligi 
kerak;
har bir blok-uchastka uzunligi bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish 
uchun belgilangan tezlikda to’liq xizmat tormozlanishidagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi 
kerak va bundan tashqari ALS-EN qurilmalarining poezd tormoz tizimiga ta'sir qilgunicha kerak 
bo’ladigan vaqt mobaynida poezdning taqiqlovchi ko’rsatkichli svetofor oldida to’xtashiga 
qadar bosib o’tadigan masofani hisobga olib shoshilinch tormozlanishdagi tormozlash yo’lidan 
kam bo’lmasligi kerak. 
64. To’rt belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan shahar atrofidagi 
poezdlar jadal harakatli uchastkalarda, yo’lovchi poezdlarning harakat tezliklari "O’zbekiston 
temir yo’llari" DATK tomonidan tormozlash yo’llari hisoblariga muvofiq belgilanadi.
65. 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan qatnovchi yo’lovchi poezdlari uchun bir sariq 
(o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish tezligi 100 km/soat dan oshirmasdan 
belgilanishi kerak.
66. 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlari yo’nalishlari 
bo’yicha peregon va stansiyalarda rels elektr zanjirlari takrorlanuvchi birikish (mis yoki texnik 
xarakteristikalari bo’yicha ularga o’xshash boshqa) ulagichlar bilan jihozlanishi kerak.
67. Asosiy yo’llar strelkali uchastkalarining tarmoqlanishi (s'ezdlarning juft strelkalaridan 
tashqari) qo’shimcha yo’l relelari va takrorlanuvchi birikish ulagichlari bilan jihozlanadi.
68. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va poezd radio aloqasining ishga yaroqliligi 
kamida yil choragida bir marta vagon-laboratoriya bilan tekshirilishi kerak.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling