O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


§3. Asosiy yo’llarning yuqori tuzilmasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

 
§3. Asosiy yo’llarning yuqori tuzilmasi 
25. Tezyurar uchastkalarning peregon va temir yo’l stansiyalari (keyinchalik - 
stansiyalar)da, strelkali o’tkazgichlardan tashqari, tezyurar harakat shartlariga mos keluvchi R65 
rusumli termik mustahkamlangan yangi relslar yotqizilishi va rels payvandlash poezdlarida 
elektr kontakt yo’li bilan 25 metrli relslardan 700 metrdan kam bo’lmagan uzunlikdagi pletlarda 


79 
payvandlanishi kerak, yo’lga yotqizilgandan so’ng rejaviy tartibda blok-uchastka uzunligigacha 
pletlarda uloqsiz yo’lni tuzilishi, yotqizilishi, saqlanishi va ta'miri bo’yicha texnik 
ko’rsatmalarga muvofiq payvandlanishi kerak.
26. Yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati amalga oshiriladigan yo’l uchaskalarida temir 
beton shpallar qo’llanilishi kerak.
Shpal epyuralari to’q’ri va 1200 m dan ortiq radiusli egrilarda 1 km ga 1840 dona va 
kamroq radiusli egrilarda 1 km ga 2000 dona.
27. Oraliq rels biriktirgichlari egiluvchan klemmalar bilan bo’lishi kerak. Yo’lovchi 
poezdlari tezyurar harakati uchaskalarida rels shpal panjaralarini qayta yotqizishdan oldin qattiq 
klemmali KB turidagi biriktirgichlar qo’llanilishiga yo’l qo’yiladi.
28. Temir beton shpallar qalinligi 35 cm dan kam bo’lmagan, 25-60 mm fraksiyali mayda 
tosh qatlamiga yotqizilishi kerak. Mayda tosh ostidagi 15 cm dan kam bo’lmagan asos - qum-
shaq’alli aralashma yoki 5-25 mm fraksiyali mayda toshdan. Asos o’rniga polimer 
materiallardan himoya qatlami yotqizilishi mumkin. Ballast prizmasi yelkasi - kamida 45 cm, 
qiyaliklar yotqizilishi 1:1,5.
29. Strelkali o’tkazgichlar R65 rusumli 1/11 dan ortiq bo’lmagan markali egiluvchan 
ostryakli va g’ildirash uzlkuksiz sathli krestovina bilan. Ostryaklar, rama relslari, usoviklar va 
harakatchan o’zaklar termik mustahkamlangan bo’lishi kerak.
Strelkali o’tkazgichlar mayda toshli ballastga mazkur paragraf 28-bandida nazarda 
tutilgan normalar bo’yicha yotqizilishi kerak.
30. Strelkali o’tkazgichlar rejaviy tartibda ostryak va harakatchan o’zak tashqi 
tutashmalari, qor va muzdan tozalash statsionar qurilmalari bilan jihozlanishlari kerak.
Qurilmalar elektr bajarish yo’l asbobini ta'minlash uchun quvvat olish imkonini berishi 
kerak.
31. Tezyurar uchastkalarda "O’zbekiston temir yo’llari" DATK yo’l boshqarmasining 
asosiy ishlar ro’yxatida ko’zda tutilgan yo’l ishlarini bajarish nazarda tutilishi kerak.
Rels shpal panjarasining tegishli ta'mir turi bilan birgalikda almashtirilishi 20 yildan 
oshmagan davriylikda amalga oshirilishi kerak.
Tegishli ta'mir turiga kilometrlarni belgilash ularning xaqiqiy holatini hisobga olib, 
mazkur paragraf 25-28-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Rels shpal panjarasining tegishli ta'mir turi bilan birgalikda almashtirilishi oraliqlarida 
relslar va strelkali o’tkazgichlar metall qismlarining yoppasiga almashtrilishi amalga oshirilishi 
kerak.
32. Poezdlarning tezyurar harakati amalga oshiriladigan uchastkalarda ta'mir ishlari oq’ir 
rusumli yo’l mashinalarini "O’zbekiston temir yo’llari" DATK yo’l boshqarmasi tomonidan 
ishlab chiqilgan va "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI bilan kelishilgan texnologik jarayonlarga 
muvofiq qo’llab amalga oshiriladi.
33. Relslarning har bir yalpisiga almashtirilishidan keyin ularning profilaktika 
silliqlanishi amalga oshirilishi kerak, bu muntazam takrorlanadi, bunda rels kallagi g’ildirash 
sathining 1,5 m bazasidagi o’lchamlari 0,3 mm dan oshmasligi, foydalanishda esa mazkur 
paragraf 36-bandi bilan belgilangan me'yorlardan oshmasligi kerak (2-jadval).

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling