O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

yishlar 
Cho’kish-
lar 
Egilish 
strelasi-
ning 
farqi 
141-161-
200 

16 
20 
16 
18 
25 
17. Tuproq ko’tarmasining tezyurar yo’lovchi poezdlari harakati jarayonida 
deformatsiyalar hosil bo’lgan barcha uchastkalari yo’l distansiyalarida ro’yxatda turishlari va 
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan belgilanadigan 
davriylik bilan distansiya xizmatchilarining doimiy nazoratida bo’lishi kerak.
Tuproqning muzdan tushishi bahor vaqtida hamda muzlashi kuz vaqtida vagon-yo’l 
o’lchagich bilan yo’l holati kunduzgi tekshirishlarining qaytarilishlari yo’l distansiyasi boshlig’i 
yoki uning o’rinbosari kuzatib borishida xaftasiga bir martagacha ko’paytiriladi.
Xavfli fizikaviy-geologiya jarayonlari namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan, shuningdek 
himoya va mustahkamlovchi inshootlari mavjud bo’lgan uchastkalarda tuproq ko’tarmasining 
saqlanishi va nazorati yo’l boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan mahalliy yo’riqnomalarga 
muvofiq amalga oshiriladi. Bunday uchastkalar ro’yxati "O’zbekiston temir yo’llari" DATK 
tomonidan tasdiqlanadi.


78 
18. Tuproq ko’tarmasining ta'miri yoki kuchaytirilishini va uni qaytadan qurilishini 
liniyalarni tezyurar harakat joriy qilishga tayyorlashda o’tkaziladigan yo’lni tub va o’rta hajmda 
ta'mirlash ishlari kompleksi yoki boshqa ishlar bilan birga qo’shib amalga oshirish zarur.
19. Joriy saqlash tartibida bajariluvchi tuproq ko’tarmasining tub ta'miri va uni qaytadan 
qurilishi bo’yicha barcha ishlar, maydalaridan tashqari, muhandis-geologiya tadqiqotlari 
natijalariga asosan tuziluvchi maxsus ishlab chiqilgan loyihalar bo’yicha amalga oshirilishi 
kerak. Liniyalarning muhandis-geologiya tadqiqotlari to’g’risidagi hisobotlarda tuproq 
ko’tarmasi har bir ob'ekti poezdlarning tezyurar harakatini amalga oshirishda ishonchlilik 
xulosasi bilan birga baholanadi.
20. Tuproq ko’tarmasini kuchaytirishda:
uning ko’ndalang kesimlarini umumiy va mahalliy barqarorlik hamda ballast qatlamini 
yo’l yoqasi enini kamida 0,5 m qilib saqlagan holda joylashtirish bo’yicha;
temir yo’ldan yuzaki va tuproq suvlarni yil bo’yi davom etadigan kafolatlangan 
chetlashtrishini ta'minlash bo’yicha; 
yilning hamma mavsumlarida asosiy maydonchaning ko’tarib turuvchi qobiliyatini 
kafolatlovchi himoya qatlamlarini yaratish bo’yicha;
tuproq ko’tarmasi sathidan suvlarni (atmosfera yog’in-sochinidan, bahoriy qor erishidan) 
tezlik bilan oqib ketishiga xalaqit beruvchi to’planib qolgan cho’p-xaslarni olib tashlash bo’yicha 
ishlar bajarilishi kerak.
21. Tuproq ko’tarmasini tub ta'mirlashda:
asosiy maydoncha deformasiyalarini, shuningdek ballast toq’oralari, lojalari, qoplari 
shaklidagi ballast chuqurliklarini bartaraf etish bo’yicha;
yo’l yuqori tuzilishi barqarorligi va kontakt tizimi tayanchlari mustahkamliligini 
pasaytiruvchi cho’kishlarni bartaraf etish bo’yicha;
muqaddam toshib chiqish va o’pirilishlar ro’y bergan joylarda, temir yo’l chetidagi 
qiyalik ko’tarmasi va o’yilgan joylarining shuningdek, muhandislik-geologiya prognozlariga 
ko’ra ular yuzaga kelishi mumkin bo’lgan joylarda umumiy va mahalliy barqarorlikni ta'minlash 
bo’yicha; 
tuproq ko’tarmasini fizika-geologiya jarayonlari noqulayliklari namoyon bo’lishidan, 
shuningdek o’pirilishlar, qoya qulashlari, qor ko’chishlari, yuvib ketishlardan himoya qilinishini 
ta'minlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish kerak.
22. Muhandis-geologiya tadqiqotlarida (issiqlik tizimilari, magistral quvurlari, qurilgan 
yoki qurilayotgan to’g’onlar, sanoat suvlari tindirgichlari, turli vazifali kotlovanlar va boshqa 
ob'ektlar)ning avariya holatlarida tuproq ko’tarmasi butunligiga xavf solushi mumkin bo’lgan 
xo’jalik va sanoat ob'ektlari hamda ularning kommunikasiyalari aniqlanishi kerak. Muhandis-
geologiya tadqiqotlari to’g’risidagi xulosada bunday ob'ektlar foydalanishida buzish ta'sirlarini 
kuzatish, shuningdek ularda avariya holatlari yuzaga kelishida oldini olish choralari va nazorat 
qilish uslublari ko’rsatilishi kerak. Tuproq ko’tarmasi shikastlanishlari oqibatlari qayta tiklash 
ishlarida zudlik bilan bartaraf etilishi lozim.
23. Yo’l ko’ndalang profilini mavjud belgilarni pasaytirib loyihalashda yo’l 
o’tirishlarining yuzaga kelishi imkoniyati tekshirilishi kerak, ularni paydo bo’lish ehtimoli 
mavjud bo’lsa, loyihada deformasiyaga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlari nazarda tutilishi kerak.
24. Bir yoki ikkita yo’lni yangi trassaga olib o’tish bilan qayta qurilayotgan temir yo’l 
uchastkalarida tuproq ko’tarmasi "1520 mm enli yo’llarning tuproq ko’tarmasini loyihalash 
bo’yicha idoraviy texnik ko’rsatmalar" talablariga muvofiq loyihalashtiriladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling