O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


-bob. Temir yo’l transporti xodimlarining


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

1-bob. Temir yo’l transporti xodimlarining 
umumiy vazifalari 
1. Harakat havfsizligi va tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlagan holda 
yo’lovchi va yuk tashishlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish, texnik vositalardan samarali 
foydalanish, atrof muhitni asrash talablariga amal qilish temir yo’l transoporti 
xodimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi. 
2. Poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim o’z vazifalari doirasida 
Texnikaviy foydalanish qoidalarining bajarilishi va harakat xavfsizligi uchun javob beradi. 
Temir yo’l transporti xodimlarining Texnikaviy foydalanish qoidalariga amal qilishi 
bo’yicha javobgarlik tegishli bo’linmalarning rahbarlariga yuklatiladi. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 118-modda; O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 14-son, 113-modda; 2011 y., 36-son, 364-modda
2
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2001 y., 5-con, 19-modda 



Temir yo’l transporti xodimlarining Texnikaviy foydalanish qoidalarini buzishi 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bo’yicha javobgarlikni keltirib 
chiqaradi. 
3. Temir yo’l transportining har bir xodimi inson hayoti va salomatligi yohud harakat 
xavfsizligiga xavf tug’diruvchi vaziyatlarda poezd yoki manyovr qilayotgan tarkibga to’xtash 
signalini etkazishi va ularni to’xtatish uchun boshqa choralarni ko’rishi lozim. Qurilma va 
inshootlarda harakat xavfsizligiga xavf soluvchi yoki atrof muhitning ifloslanishiga olib keluvchi 
nosozliklar aniqlanganida, xodim tezkorlik bilan xavfli joyni to’sish va nosozliklarni bartaraf 
etish choralarini ko’rishi kerak. 
4. Temir yo’l transporti xodimlari yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlashlari, ular uchun 
kerakli qulayliklar yaratishlari, vokzal va poezdlarda madaniyatli xizmat ko’rsatishlari, temir 
yo’l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi barcha shaxslar bilan muloqatda xushmuomala 
bo’lishlari va shu bilan birga, ulardan amaldagi temir yo’l transporti qoidalarini bajarilishini 
talab qilishlari kerak. 
5. Temir yo’l transporti xodimlari bejirim kiyingan bo’lishlari, ish joylarini va ularga 
ishonib topshirilgan texnik vositalarni tartibda saqlashlari kerak. 
Forma kiyimi va farqlanish nishonlari belgilab qo’yilgan xodimlar, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyul 249-son Qarori (2-son ilova)
3
bilan 
tasdiqlangan «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasining temir 
yo’l transporti xodimlari intizomi to’g’risida Nizomga muvofiq, formali kiyingan bo’lishlari 
kerak. 
Temir yo’l transportining har bir xodimi bajarayotgan ishlari uchun belgilangan texnika 
xavfsizligi, yong’in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha qoidalar va 
yo’riqnomalarga amal qilishlari kerak. Bu qoida va yo’riqnomalarning ijro etilishi bo’yicha 
javobgarlik tegishli bo’linmalarning ijrochi va rahbarlariga yuklatiladi. 
6. Lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomatrisa, drezina va boshqa harakat 
birliklarining boshqaruv kabinalariga, signal, strelka, apparat, mexanizm va boshqa poezdlar 
harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarga, shuningdek, signal va shu kabi qurilmalarni 
boshqarish xonalariga kirish xuquqi bo’lmagan shaxslarning kiritilishi man etiladi. 
Lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomatrisalar, drezina va boshqa harakat birliklari, 
signal, apparat, mexanizm va boshqa poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarni 
boshqarishni, shuningdek, strelkalarni o’tkazishni shu ishlarga javob beruvchi xodimlargina o’z 
xizmat vazifalari vaqtida bajarish xuquqiga egadirlar. 
Belgilangan tartibda ikkinchi shaxs sifatida tajriba oshirayotgan temir yo’l transporti 
xodimlari, lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomatrisa, drezina va boshqa harakat birliklari, 
signal, strelka, apparatlar, mexanizm va boshqa poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash bilan 
bog’liq qurilmalarni boshqarishga bevosita shu qurilmalarda xizmat qiluvchi xodimlarning 
shaxsiy javobgarligi va ularning kuzatuvi ostida qo’yilishi mumkin. 
7. Temir yo’l transportiga poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan ishga qabul qilinuvchi 
shaxslar kasbiy ta’lim olishlari kerak, lokomotiv brigadalar esa, bundan tashqari, kasbiy 
saralashdan, quyidagilarni bilishi bo’yicha sinovdan o’tishi va keyinchalik bu bilimlar davriy 
tekshirib turilishi kerak: 
O’zbekiston Respublikasi temir yo’laridan texnikaviy foydalanish qoidalari
4

O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma
5

3
O’zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari to’plami, 1995 yil, 7-con, 165-modda. 
4
Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekistron Respublikasi Adliya vazirligining 
27.08.2001 yildan 20-15-205/11- son xati) 
5
Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekistron Respublikasi Adliya vazirligining 
09.11.2001 yildan 20-15-273/20- son xati) 



O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha 
yo’riqnoma;
6
lavozim yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlar; 
mehnat muhofazasi, sanitariya qoidalari va me’yorlari bo’yicha qoida va yo’riqnomalar; 
O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti xodimlari intizomi to’g’risidagi Nizom. 
Qolgan barcha xodimlar ushbu Qoidalarda ko’zda tutilgan temir yo’l transporti 
xodimlarining umumiy majburiyatlarini, mehnat muhofazasi qoidalari, sanitariya qoidalari va 
me’yorlari, lavozim yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlarni 
bilishlari kerak. 
Ish kunini zichlashtirish yoki o’rindoshlik tartibi asnosida poezdlar harakati bilan bog’liq 
bo’lgan qo’shimcha vazifalar yuklatilgan temir yo’l transporti xodimlari, bu ishlarga tegishli 
qoida va yo’riqnomalar bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazilgandan so’nggina qo’yiladilar. 
Xodimlarning ushbu bandda ko’rsatilgan sinovlardan o’tishi kerak bo’lgan lavozim va 
kasblarning ro’yxati, har bir lavozim (kasb) uchun bilim hajmi, ishga qabul qilishdagi va davriy 
sinovlarning o’tkazish tartibi DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan o‘rnatiladi, DATK 
boshqaruvi raisi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar uchun – «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan 
kelishiladi. 
8. Temir yo’l transportiga poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan lavozimlarga ishga 
kiruvchi shaxslar tegishli ishlarni bajarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy 
ko’rikdan o’tishlari kerak. Keyinchalik ushbu xodimlarning davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari 
DATK boshqaruvi raisi va tegishli vazirlik, idora va korxonalarning rahbarlari belgilagan 
tartibda amalga oshirilishi kerak. 
18 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar bevosita poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan 
quyidagi lavozim va kasblarga qo’yilmaydilar: lokomotiv, motorvagon poezdlar, avtomatrisalar, 
harakatdagi yuk ko’taruvchi kranlarning mashinistlari va ularning yordamchilari, parovoz o’t 
yoqarlari, drezina haydovchilari va ularning yordamchilari, dispetcherlar, stansiya, park va 
tepacha navbatchilari, saralash tepaligi operatorlari, stansiya navbatchilari qoshidagi operatorlar, 
poezd 
konduktorlari, 
tuzuvchilar 
brigadasi 
xodimlari, 
vagonlar 
harakat 
tezligini 
muvofiqlashtiruvchilar, signalchilar, markazlash posti operatorlari, strelka posti navbatchilari, 
yo’l, ko’prik va er osti yo’li ustalari, yo’l brigadirlari, temir yo’llarni ko’zdan kechirib o’tadigan 
xodimlar, yo’l montyorlari (uchinchi va undan yuqori razryadlar), pereezd navbatchilari, BMT 
(blakirovkani markazlashtirish tizimi - SSB) va saralash tepaligi qurilmalariga xizmat 
ko’rsatuvchi elektrmexaniklar va elektmontyorlar, vagonlarni ta’mirlovchi-ko’rikdan 
o’tkazuvchilar, vagonlarni ko’rikdan o’tkazuvchilar, yo’lovchi poezdlari boshliqlari (mexanik-
brigadirlari), vagon kuzatuvchilari, vagonlarni uzib qolmasdan ta’mirlash usta va ishchilari
vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punkti operatorlari, poezd elektrmexaniklari, elektr ta’minoti 
distansiyasi ustasi va elektrmexaniklari, refrijerator poezdlari va seksiyalari mexaniklari, 
defektoskop va yo’l o’lchash vagonlarining sozlovchilari, yo’l mashinalari va mexanizmlari 
mashinistlari, defektoskop aravachalari operatorlari, yo’l o’lchovlari bo’yicha operatorlar va 
ularning yordamchilari. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling