O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


m va undan kichik bo’lgan radiusda - 1540 mm


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

349 m va undan kichik bo’lgan radiusda - 1540 mm 
To’g’ri va egri uchastkalarda temir izlar eni o’lchamlaridagi bartaraf etilishi talab 
qilinmaydigan chetga og’ishlar torayish bo’yicha – 4 mm, kengayish bo’yicha +8 mm dan 
oshmasligi, 50 km/soat va undan kam harakat tezligi belgilangan uchastkalarda torayish bo’yicha 
– 4 mm, kengayish bo’yicha + 10 mm dan oshmasligi kerak. 
Ko’rsatilgan o’lchamlardan chetga chiqishlarni bartaraf etish tartibi DATK belgilagan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Temir izlar enining 1512 mm dan kichik va 1548 mm dan katta kengligiga yo’l 
qo’yilmaydi. 
1996 yildan avval yotqizilgan temir beton shpallardagi uloqsiz yo’ldan foydalanish tartibi 
DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatiladi. 



26. Yo’lning ikkala rels izlari kallaklarining yuqori qismi bir xil sathda bo’lishi kerak. 
To’g’ri uchastkalarda DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasining tegishli yo’riqnomasida belgilangan 
me’yorlarga binoan bir rels izining ikkinchisidan 6 mm ga balandroq qilib o’rnatishga ruxsat 
beriladi. 
Yo’lning egri uchastkalarida egrilik radiusi va undagi harakat tezligiga bog’liq tashqi 
chetki izning balandlatilishi DATK yo’riqnomasiga binoan DATK boshqaruvi raisining buyrug’i 
bilan o‘rnatiladi.
Rels tashqi izining balandlatilishi 150 mm dan oshmasligi kerak. Zarur vaqtda asosiy 
yo’lning egri uchastkalarida rels tashqi izining maksimal balandlatilishi DATK ruxsati bilan 150
mm dan oshishi mumkin. 
To’g’ri va egri uchastkalarda rels izlarining joylashuv darajasidagi yo’l qo’yiladigan 
og’ishlari DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatiladi. 
27. O’ta katta va mas’uliyatli sun’iy inshootlarning ro’yxati, ularni nazorat qilish
shuningdek, qiyin muhandislik-geologik sharoitlarda shaklini yo’qotayotgan tuproq ko’tarma 
qismlarini nazorat qilish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
DATK boshqaruvi raisi tasdiqlagan ro’yxatda ko’rsatilgan ko’prik va er osti yo’llari 
nazorat-gabarit qurilmalari bilan chegaralanadi, to’suvchi svetoforlar va ogohlantirish signal 
tizimi bilan jihozlanadi. 
Sun’iy inshootlar DATK tomonidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko’ra yong’inga qarshi 
kurash vositalari bilan ta’minlanishi va zarur hollarda ko’rik uchun kerakli moslamalarga ega 
bo’lishi kerak. 
Barcha ko’priklar amaldagi hisob me’yorlari va tegishli DATK yo’riqnomalari asosida 
yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha tasniflanadi. 
28. Yo’l va inshootlarning holatini nazorat qilish uchun yo’llarda yo’l o’lchovchi 
vagonlar, defektoskop vagonlar, defektoskop aravachalar, defektoskop (nuqson tekshiruvchi) 
laboratoriyalar, ko’prik, er osti yo’li, yo’l tekshiruvi, gabarit tekshiruvi, sinov, ta’mirlash-
tekshirish-g’ovvoslik stansiyalari qo’llanilishi kerak. 
Asosiy yo’llarni yo’l yo’lovchi vagonlar bilan tekshirishning davriyligi DATK tegishli 
yo’riqnomasi tomonidan o‘rnatiladi, bunda 60 km/soat dan oshiq tezlikda harakatlanuvchi 
yo’lovchi poezdlarning marshruti oyiga kamida ikki marta tekshirilishi kerak. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling