O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Temir yo’l inshoot va qurilmalari poezdlarning belgilangan eng yuqori tezliklarda


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Temir yo’l inshoot va qurilmalari poezdlarning belgilangan eng yuqori tezliklarda 
o’tkazishni ta’minlovchi talablariga mos kelishi kerak: yo’lovchi poezdlari – 140 km/soat, 
refrijerator va yuk poezdlari – 90 km/soat tezlik bilan. DATK boshqaruvi raisi tomonidan 
tasdiqlanagan ro’yxatga asosan O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarining ma’lum 
uchastkalari bo’ylab differensiallashgan (turli xil) tezliklar o‘rnatiladi. 
(12 bandning 2-xatboshi «O’zdavtemiryo’lnazorat» DI boshlig'ining 2011 yil 15 iyul 
150-son buyrug’iga muvofiq o'zgartirildi).
Inshoot va qurilmalar konstruksiyalariga o’zgartirishlar kiritish ushbu inshoot va 
qurilmalarning loyiha hujjatlarini tasdiqlash xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning 
ruxsati bilangina amalga oshiriladi. 
Asosiy inshoot va qurilmalarning tasniflanishi, davriy ta’mirlash muddati va saqlash 
me’yorlari DATK boshqaruvi raisi, O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari rahbarlarining 
tegishli qaror va farmoyishlari bilan o‘rnatiladi. 
Inshoot va qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va saqlash bo’yicha 
ko’rsatma va namunaviy texnologik jarayonlar yo’l xo’jaligi boshqarmasi, aloqa va 
signallashtirish markazi, elektr ta’minoti markazi, lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi 
hamda ta’mirlash-foydalanish korxonalari tomonidan tasdiqlanadi, «O’zdavtemiryo’lnazorat» 
bilan kelishiladi. 
13. Yangidan qurilgan va qayta qurilgan liniya, inshoot, qurilma va binolar Qurib 
bitkazilgan temir yo’l transporti ob’ektlarini foydalanishga topshirish qoidalariga binoan qabul 
qilish hay’ati tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» ishtirokida doimiy foydalanishga qabul 
qilinishi kerak. 
Yangidan qurilgan va qayta qurilgan inshoot va qurilmalar ularning ish tartibini 
belgilovchi, harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta’minlovchi hujjatlar (texnik-boshqaruv 
aktlar, ish bo’yicha yo’riqnomalar) tasdiqlangandan keyin hamda bu qurilma va inshootlarga 
xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning qayd qilingan hujjatlarni bilishlari tekshirilganidan so’ng 
foydalanishga topshiriladi. 
14. Temir yo’l umumiy tizimi va shahobcha yo’llarining yondashish stansiyalaridan 
ishlab chiqarish va transport korxonalari hududlarigacha joylashgan inshoot va qurilmalari 
O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonidan belgilangan S - qurilishlarning 
yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi kerak.



Zavod, fabrika, ustaxonalar, depo, dengiz va daryo portlari, shaxtalar, yuk rayonlari
baza, omborlar, karyer, elektrstansiyalar va boshqa sanoat va transport korxonalari hududida va 
ular orasida joylashgan inshoot va qurilmalar ham O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti 
tomonidan belgilangan Sp - qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi 
kerak.
Temir yo’llar, shahobcha yo’llar va ulardagi inshoot va qurilmalarni loyihalashtirish, 
qurish va qayta qurishda, ikkinchi yo’llarni elektrlashtirish va qurishda, shuningdek, ko’rsatilgan 
gabaritlarga tenglashtirilgan foydalanishdagi qurilmalarda S va Sp gabaritlariga rioya qilish 
kerak. Temir yo’llar, qurilma va inshootlarni yangidan qurish va qayta qurishda S va Sp 
gabaritlarni qo’llash xususiyatlari, S va Sp gabaritlari talablariga javob bermaydigan va eski 
me’yor bo’yicha qurilgan amaldagi qurilma va inshootlarga bo’lgan talablar, qurilma va inshoot 
gabaritlarini tekshirish va nogabarit joylarni yo’qotish tartiblari Qurilishlarning yaqinlashish 
gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasida ko’zda tutilgan. 
S, Sp gabaritlari talablariga javob bermaydigan amaldagi inshoot va qurilmalarni qayta 
qurishni loyihalashtirishda, birinchi navbatda Tpr va Ts gabaritli istiqbolli harakat tarkiblarini, 
shuningdek, zonal gabarit bo’yicha ortilgan yuklarning o’tishini ta’minlamaydigan ob’ektlarni 
hisobga olish kerak.
Ta’mirlash, qurilish va boshqa xil ishlarni amalga oshirishda inshoot va qurilmalarning 
gabaritlarini buzish man etiladi. 
15. Ikki yo’lli liniyalarning peregonlaridagi yo’l o’qlari orasidagi masofa to’g’ri 
uchastkalarda 4100 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Uch yo’lli va to’rt yo’lli liniyalarning to’g’ri uchastkalarida ikkkinchi va uchinchi 
yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 5000 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Stansiyalarda to’g’ri uchastkalarda qo’shni yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 4800 
mm dan, ikkinchi darajali yo’llar va yuk rayonlari yo’llarida 4500 mm dan kam bo’lmasligi 
kerak. Stansiyalarda asosiy yo’llar chetda joylashganida DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan 
ular orasidagi masofa 4100 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Bevosita yuklarni vagondan vagonga ortish uchun qo’llaniladigan yo’llarda yo’l o’qlari 
orasidagi masofa 3600 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Peregon va stansiyalarda egri uchastkalarda qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi hamda yo’l 
o’qi va qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari orasidagi gorizontal masofa Qurilishlarning 
yaqinlashish gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 
16. Ochiq harakat tarkibiga ortilgan yuk (o’rash va mahkamlashni hisobga olib) 
belgilangan ortish gabaritlari chegarasida joylashishi kerak.
Ochiq harakat tarkibida ortish gabaritlari chegarasida joylashtirib bo’lmaydigan yuklar, 
respublika hududida DATK tomonidan belgilangan tartibda tashiladi. 
Yoppasiga ortish joylarida (shahobcha yo’llar, qayta ortish stansiyalarida) belgilangan 
gabaritlar chegarasida yuklarning to’g’ri joylashganini tekshirish uchun gabarit darvozalari 
o’rnatiladi. 
Tushirilgan yoki ortishga tayyorlab yo’l chetiga joylashtirib qo’yilgan yuklar 
qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini buzmaydigan qilib tahlangan va mahkamlangan 
bo’lishi kerak. 
Balandligi 1200 mm gacha bo’lgan yuklar (yo’l ishlari uchun to’kiladigan ballastdan 
tashqari) chekka rels kallagi tashqi chegarasidan kamida 2,0 m masofada, balandligi bundan 
katta yuklar esa kamida 2,5 m masofada joylashishi kerak.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling