O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


-bob. Yo’l xo’jaligi inshoot va qurilmalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

3-bob. Yo’l xo’jaligi inshoot va qurilmalari 
17. Temir yo’lning barcha elementlari (tuproq ko’tarma, yuqori tuzilmalar va sun’iy 
inshootlar) mustahkamligi, barqarorligi va holati bo’yicha ushbu uchastkada poezdlarning 
belgilangan tezlikda xavfsiz va tekis harakatlanishini ta’minlashi kerak. 



18. Yo’l distansiyasi, yo’l mashina stansiyalari va yo’l xo’jaligining boshqa 
korxonalarining joylashishi va jihozlanishi, temir yo’llarni, inshoot va qurilmalarni poezdlar 
harakatining amalda o’rnatilgan hajmini, belgilangan tezliklarda amalga oshirish uchun, zarur 
bo’lgan asrash va ta’mirlash ishlarini bajarilishini ta’minlashi kerak. 
19. Inshoot va qurilmalar konstruksiyasi, ularni asrash va foydalanish bo’yicha ushbu 
Qoidalarda ko’rsatilmagan talablari, DATK tizimidagi tegishli bo’linmalari tomonidan 
o‘rnatiladi. 
Yo’lning rejasi va profili 
20. Temir yo’l egrilar radiusi, to’g’ri va egri tutashuv, qiyalik tiklariga nisbatan 
tasdiqlangan yo’l rejasi va profiliga mos kelishi kerak. 
21. Stansiya, raz’ezd va o’zib o’tish punktlari, odatda, gorizontal maydonchada 
joylashishi kerak: ayrim hollarda ularning 0,0015 dan oshmaydigan qiyaliklarda, qiyin 
sharoitlarda odatda 0,0025 dan oshmaydigan qiyaliklarda joylashishiga yo’l qo’yiladi. 
O’ta qiyin sharoitlarda barcha turdagi raz’ezdlarda va o’zib o’tish punklarida 
«O’zdavtemiryo’lnazorat» ruxsati bilan, manyovr yoki lokomotiv va vagonlarni tarkibdan uzish 
hamda birlashtirilgan poezdlarni ajratish ko’zda tutilmagan bo’ylama yoki yarim bo’ylama 
toifadagi oraliq stansiyalarda stansiya maydonchasi chegarasida 0,0025 dan katta bo’lgan 
qiyaliklarga ruxsat beriladi. Shuningdek, «O’zdavtemiryo’lnazorat» ruxsati bilan juda qiyin 
sharoitlarda vagon yoki tarkibning (lokomotivsiz) o’z-o’zidan harakatlanib ketib qolishiga qarshi 
choralar ko’rilishi sharti bilan stansiyalarda qabul qilish-jo’natish yo’llarining uzaytirilganida 
0,0025 dan katta qiyaliklarga ruxsat beriladi, lekin ikkala holda ham qiyaliklar 0,010 dan katta 
bo’lishi kerak emas. 
Stansiya, raz’ezd va o’zib o’tish punktlarida vagon yoki tarkiblarning (lokomotivsiz) o’z-
o’zidan harakatlanib ketishini oldini olish uchun manyovr operasiyalari va lokomotivlarni 
vagonlardan uzish ko’zda tutilgan yangidan qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan qabul qilish-
jo’natish yo’llari, odatda, chegaralovchi strelkalar tarafiga nishabga qarshi bo’ylama profilga ega 
bo’lishi va u loyihalash me’yorlariga mos kelishi kerak. 
Kerakli hollarda vagonlarning boshqa yo’llarga o’z-o’zidan chiqib ketishini oldini olish 
uchun muhofaza berk yo’li, muhofaza strelkasi, tushiruvchi boshmoqlar yoki strelka qurilmalari 
tizimlari ko’zda tutilishi kerak. 
Stansiya, raz’ezd, quvib o’tish punktlarining qiyalikda joylashgan barcha holatlarida 
belgilangan og’irlik me’yoridagi poezdlarning joyidan qo’zg’ala olish sharoitlari va poezdlarni 
lokomotivlarning yordamchi tormozlari bilan ushlab qola olish sharoitlari ta’minlangan bo’lishi 
kerak. 
22. Stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari, shuningdek, ayrim parklar va tortib 
chiqish yo’llari to’g’ri uchastkalarda joylashishi kerak. Qiyin sharoitlarda ularning 1500 m dan 
kam bo’lmagan radius egrisida joylashishiga yo’l qo’yiladi. O’ta qiyin sharoitlarda egrilik 
radiusini 600 m gacha, tog’ sharoitlarida 500 m gacha kamaytirishga yo’l qo’yiladi. 
23. Asosiy va stansiya yo’llari, shuningdek temir yo’lga tegishli shahobcha yo’llarning 
reja va profili davriy uskunaviy tekshiruvdan o’tishi kerak. 
Yo’llarning reja va profilini uskunaviy tekshirish, tegishli texnik hujjatlarni tayyorlash, 
shuningdek, stansiyalarning masshtab va sxematik rejalarini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish 
bu ishlarni bajarish uchun loyihalash institutlari, loyihalash-qidirish va loyihalash-smeta 
guruhlarini jalb etgan holda DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasiga yuklatiladi. 
Yo’l distansiyalarida quyidagilar bo’lishi kerak: 
distansiyada mavjud bo’lgan yo’l xo’jaligining barcha inshoot va qurilmalarining chizma 
va ta’riflari, shuningdek tegishli standart va me’yorlar; 
stansiyalarning masshtab va sxematik rejalari, barcha asosiy va stansiya yo’llarining, 
saralash tepachalari, shuningdek, DATK lokomotivlari harakatlanuvchi shahobcha yo’llarining 
bo’ylama profillari. 



Saralash, uchastka va yuk stansiyalaridagi saralash tepachalarining, tortib chiqish yo’li va 
tepacha yoni yo’llarining bo’ylama profillari kamida uch yilda bir marta, stansiya yo’llarining 
qolgan qismida profil kamida 10 yilda bir marta tekshiriladi. Peregonlardagi asosiy yo’llarning 
bo’ylama profili yo’llarning tub va o’rta ta’miri davrida tekshiriladi. Tekshiruv natijalariga ko’ra 
profilni to’g’irlash bo’yicha ishlarni bajarishning aniq muddatlari o‘rnatiladi. Reja va profilnig 
o’zgarishiga olib keluvchi ishlar va yo’l rekonstruksiyasi amalga oshirilayotgan uchastkalar ish 
bajaruvchilar tomonidan ishlar tugagandan keyin tekshirilib, tegishli hujjatlar yo’l distansiyasiga, 
stansiyalarda esa stansiya boshlig’iga ham taqdim etiladi. 
Stansiya hududida yangi ob’ektlarni qurishda, kengaytirish yoki boshqa erga ko’chirishda 
bu ishni bajaruvchi har qanday tashkilot ob’ektni amaldagi stansiya taraqqiyotiga biriktirilishini 
belgilovchi ijro hujjatini zudlik bilan yo’l distansiyasi boshlig’i va stansiya boshlig’iga 
topshirishi kerak. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling