O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
PTE uz (1)

§3. Elektropoezdlar 
105. 200 km/soat gacha harakat tezliklarini ta'minlash uchun foydalanishi boshlangan 
vaqtdan xizmat muddati 20 yildan oshmaydigan elektrpoezdlar ko’zda tutiladi.
106. 200 km/soat tezlikda elektrpoezd tormoz vositalari shoshilinch tormozlanishda 
quyidagilardan oshib ketmaydigan tormozlanish yo’lini ta'minlashi kerak:
0,006 gacha pasayishlarda - 1600 m, magnitrelsli tormozning yo’qligida - 2300 m;
0,006 dan (uni ham hisobga olib) 0,010 gacha pasayishlarda - 1700 m, magnitrelsli 
tormozning yo’qligida - 2400 m.
107. Elektrpoezdlarga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda 
kasbga oid tanlash va intensiv texnologiyalar bilan ishlash bo’yicha tibbiy tekshirishdan o’tgan, 
elektrpoezdlarga xizmat ko’rsatish tajribasiga ega bo’lgan birinchi klass malakali mashinistlar va 
lokomotivlarni boshqarish guvohnomalariga ega mashinist yordamchilaridan tashkil topgan 
lokomotiv brigadalari tayinlanishi kerak. Poezdni chilangarlar brigadasi bilan birga elektrpoezd 
ustasi kuzatib boradi.
108. Ta'mirlararo normativ davrlar (muddatlar), elektropoezdlarga xizmat ko’rsatish va 
ularni ta'mirlash bo’yicha ishlar hajmlari, shuningdek asosiy uzellarning qo’yim va yemirilishlar 
me'yorlari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.


88 
109. Barcha turdagi joriy ta'mir va texnik xizmatlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK 
tomonidan o’rnatilgan talablarga muvofiq zarur ishlab chiqarish maydonlari va texnologik 
jihozlarga ega bo’lgan lokomotiv depolarida amalga oshiriladi.
110. Elektropoezd turish yo’llari elektr va suv ta'minoti bilan jihozlangan bo’lishi, 
yong’in o’chirish vositalari va o’z-o’zidan ketib qolishdan asrash qurilmalari bilan ta'minlanishi 
kerak. Elektropoezd qo’riqlanishi ta'minlangan bo’lishi kerak.
111. G’ildirak juftlari ishlab chiqaruvchi zavod talablariga, shuningdek quyidagi 
qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak:
greben qalinligi kamida 28 mm, g’ildirak to’g’ini (obod) qalinligi kamida 40 mm, 
g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat ko’pi bilan 3 mm bo’lishi kerak;
g’ildirash aylanasi bo’ylab bandaj (g’ildirak) diametrlari farqi bir g’ildirakda g’ildirak 
juftini chiqarib yo’nishda - ko’pi bilan 0,5 mm, g’ildirak juftini chiqarmasdan yo’nishda - ko’pi 
bilan 1,0 mm;
bandaj (g’ildirak) diametrlari farqi bir komplekt g’ildirak juftlarida - ko’pi bilan 5 mm, 
bir aravachada - ko’pi bilan 3 mm.
G’ildirash sathida chuqurligi 0,5 mm gacha polzunlar (o’yiqlar) mavjud bo’lsa, harakat 
tezligi 160 km/soat dan oshmasligi kerak.
112. Asosiy va aylanma depodan elektrpoezdni berishdan oldin uning tormoz jihozlari 
tekshirilishi, Temir yo’llarning harakat tarkibi tormozlaridan foydalanish bo’yicha yo’riqnomaga 
muvofiq tormoz to’liq sinashi o’tkazilishi va aylanmasdan siljishga qarshi qurilmalarning 
faoliyati tekshirilishi kerak.
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi qurilmalari va xavfsizlik qurilmalari, poezd radio 
aloqasi va tezlik o’lchagichlarning tekshirilishlari elektr poezdni depoga kirib kelishi va uni 
depodan berilishi har bir holatida amalga oshirilishi kerak.
113. Rejaviy ta'mir turlari o’tkazilgach quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
elektr poezdni depo yo’llarida sinash bilan ta'mir texnologik jarayoniga muvofiq jihozlar 
ishini kuchlanish ostida sinash;
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda elektr poezdni asosiy 
yo’llarda sinash.
114. Rejaviy ta'mir turlaridan elektropoezd Elektrpoezdlarni ta'mirlash qoidalariga 
muvofiq qabul qilinishi kerak.
115. Elektr poezdi TO-2 hajmidagi texnik xizmat ko’rsatishdan chiqarilishdan oldin sex 
ustasi va lokomotiv qabul qiluvchlari tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
TO-2 texnik xizmat ko’rsatishning o’tkazilishi sifatini tekshirish "O’zbekiston temir 
yo’llari" DATK Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan 
grafik bo’yicha 15 kunda bir marta depo rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ko’rik natijalari 
TU-152 shaklidagi kitobga yoziladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling