O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


V bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
PTE uz (1)

V bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar 
bo’yicha harakatlanadigan yuk poezdlarining 
harakat tarkibiga texnik talablar 
116. Yuk poezdlarining harakat tezliklarini yo’lovchi poezdlarining yuqori tezliklardagi 
harakatida yo’lning egrilardagi qurilish bo’yicha talablarini bajarish uchun 80-90 km/soat 
darajada ta'minlash kerak. Bunda poezd massasi doimiy va davomiy ogohlantirishlar ta'sirini 
hamda ushbu tezlik darajasini ta'minlashni hisobga olib tortish hisoblari bilan aniqlanishi kerak, 
bog’lanish hisobiy koeffisienti esa qum qo’llashni va joydan jilmay aylanishni istisno qiluvchi 
chegaralarda qo’llanilishi kerak.
117. Tezyurar harakat uchastkalari stansiyalari manzillari tomon tuziluvchi, shuningdek 
ushbu uchastkadan tranzit o’tuvchi yuk poezdlari tarkibiga 18-100, 18-101, 18-102 
aravachalaridagi vagonlar qo’shilishi kerak. MT-50, VTZ, UVZ va ularga o’xshash eski tipdagi 
aravachalardagi yuk vagonlar foydalanishiga yo’l qo’yilmaydi.


89 
Yukli harakat tarkibining tezyurar uchastkasiga yetib keluvchi boshqa yo’nalishlardan 
kirishlari rejaviy tartibda vagonlar ortilishini va harakat tarkibi sozligini tekshirish uchun nazorat 
qurilmalari bilan TFQ va Yuklarni ortish va mahkamlash texnik shartlari talablariga muvofiq 
jihozlanishi kerak.
118. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar bo’yicha harakatlanadigan 
yuk poezdlari sinchkov xizmat ko’rsatish va vagonlarning tijoriy ko’rigiga jalb qilinishlari kerak. 
Bunda TXP (texnik xizmat ko’rsatish punkti)da yuk vagonlariga texnik xizmat ko’rsatishda, 
tuzish stansiyalari va harakat yo’nalishidagi tijoriy ko’rik punktlarida yuk vagonlarining tijoriy 
ko’rigida g’ildirak juftlari g’ildirash sathi, buksa uzeli, tormoz jihozlari va muhofaza qurilmalari 
holatiga, eshiklar, kuzov devori, vagonlar lyuklari qopqoqlari, ikki yarusli platformalar o’tish 
maydonchalarining yopilishi va mahkamlanishi ishonchliligiga, ochiq harakat tarkibida yukning, 
ayniqsa ekskavatorlar, kranlar va burilish hamda osma jihozlarga ega bo’lgan boshqa 
mashinalarning, vertikal holatda tashiluvchi yuklarning to’g’ri ortilishi va mahkamlanishiga 
alohida e'tibor qaratish lozim.
Vagon depolari va stansiyalar boshliqlari tezyurar uchastkada harakatlanuvchi yuk 
poezdlari vagonlarining texnik xizmati va tijoriy ko’rigi o’tkazilishining sifatini muntazam 
ravishda nazorat qilishlari kerak.
119. Yo’lga ta'sirni kamaytirish shartlari bo’yicha tezyurar yo’lovchi poezdlari 
qatnaydigan uchaskalarda yuk poezdlarini boshqarish uchun VL80 (o’zgaruvchan tok) 
elektrovozlarini va o’xshash xarakteristikalarga ega boshqa lokomotivlarni ham xuddi tezyurar 
yo’lovchi lokomotivlari kabi xavfsizlik va radio aloqa qurilmalari bilan jihozlash kerak.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling