O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Temir yo’l transportining ma’lumot-hisoblash tizimi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Temir yo’l transportining ma’lumot-hisoblash tizimi 
108. Ma’lumot-hisoblash tizimi: ma’lumotlarni kiritish, uzatish, qayta ishlash va asrash 
imkoniyatini, belgilangan muddatlarda iste’molchilarga hisob natijalarini berish, temir yo’l 
transportining barcha sohalarida rejalashtirish, tezkor boshqaruv, hisoblash, statistika 
masalalarini echish imkonini ta’minlashi kerak. 
Texnika va programma vositalari doimo ishga tayyor va faol holatda turishi, talab 
qilinadigan ishonchlilik va aniqlikni ta’minlashi kerak. 
Temir yo’l transporti ma’lumot hisoblash tizimiga terminal va boshqa moslamalarning 
ulanishi DATK ning signalizatsiya va aloqa Markazi hamda statistika, ma’lumot va hisoblash 
texnikasi Markazi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak. 
SSB va aloqa liniyalari 
109. SSB va aloqa kabel liniyalari, qoidaga ko’ra, peregonlarda tuproq ko’tarmasidan 
tashqarida ajratma yo’lida o’tkazilishi kerak. Alohida hollarda, kabel liniyalarini amaldagi 
qoidalarga rioya qilgan holda, tuproq ko’tarmasi orqali o’tkazilishiga yo’l qo’yiladi. Tolasimon-
optik kabellar asosidagi aloqa liniyalari, kontakt tizimi yoki avtoblokirovka liniyalari 
tayanchlarida osma uslubda o’rnatilishi mumkin. 
Osma uslubda o’rnatilgan aloqa liniyalari kabellari maksimal osilib turishida quyidagi 
o’lchamlardan kam bo’lmagan balandlikda joylashishi kerak: 
5,0 m – erdan aholisiz joyda; 
6,0 m - erdan aholili joyda
4,5 m – yo’lovchi platformalari sathidan
7,0 m – temir yo’l kesishmalaridagi avtomobil yo’llari sathidan. 
SSB va aloqa havo liniyalari osilishi maksimal osilib turishida quyidagi o’lchamlardan 
kam bo’lmagan balandlikda joylashishi kerak: 
2,5 m – erdan aholisiz joyda; 
3,0 m – erdan aholili joyda; 
5,5 m – kesishuvchi avtomobil yo’llari sathidan; 
7,5 m – kesishuvchi elektrlashtirilmagan temir yo’llarning rels kallagi sathidan. 
Elektrlashtirilgan temir yo’llarning kesishuvlari faqat kabel bilan bajariladi. 
110. SSB va aloqa liniyalarining ishdan chiqishida ularni tiklash quyidagi tartibda amalga 
oshirilishi kerak: 
poezd dispetcherlik aloqa simlari; 
magistral aloqasi simlari; 
elektrta’minot uskunalarini televizion boshqarish simlari; 
energodispetcherlik aloqasi; 
elektrjezl sistemasi; 
stansiyalararo va strelkali aloqa simlari
yo’l blokirovkasi simlari; 
SSB va aloqaning boshqa simlari. 
111. SSB va aloqa inshoot va qurilmalari tortish tokining, elektr uzatish liniyalari va 
momaqaldiroq razryadlarining xalaqit beruvchi va xavfli ta’siridan himoyalangan bo’lishi kerak. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling