O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va
avtomatik shlagbaumlar 
98. Pereezd avtomatik signalizatsiyasi poezdning pereezdga etib kelguniga qadar o’tish 
joyini transport vositalaridan bo’shatish uchun ketadigan vaqtdan avval avtomobil yo’li tomon 
to’xtash signalini uzatishi, avtomatik shlagbaumlar esa yopiq holatga o’tishi kerak. 
Poezd pereezdni butunlay bo’shatmaguncha kesishma avtomatik signalizatsiya ishlab 
turishi, shlagbaumlar esa yopiq holatda bo’lishi kerak. 
Poezd yaqinlashayotgani xaqida avtomatik xabar beruvchi tizimlar
99. Avtoblokirovkali peregonlar va strelkalari elektr markazlashtirilgan stansiyalar 
DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan rejalarga binoan, yo’lda ish bajarayotgan 
ishchilarni poezd yaqinlashayotgani xaqida xabarlovchi avtomatik tizim bilan jihozlanishi kerak. 
Qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari 
100. O’tayotgan poezdlarda qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari 
quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
lokomotiv mashinisti va oldinda joylashgan stansiya navbatchisiga poezdda qizigan 
buksa borligi xaqida ma’lumot etkazishni; 
uzatilayotgan ma’lumotni maxsus lentada qayd etishni. 


24 
Ko’rsatilgan qurilmalarni joylashtirish, ulardan foydalanish va xizmat ko’rsatish tartibi 
DATK tomonidan o‘rnatiladi. 
Poezd ketib borayotgan marshrutga harakat tarkibining o’z-o’zidan chiqishini oldini olish 
qurilmalari 
 
Poezdlarning ketib borish marshrutlariga harakat tarkibining
o’z-o’zidan chiqib ketishini oldini olish uchun qurilmalar
 
101. Qurilmalar: muhofaza berk yo’llari, qo’riqlash strelkalari, tushuruvchi boshmoqlar 
yoki tushiruvchi strelkalar mazkur Qoidalarning ularni markazlashtirishga kiritish bo’yicha 
talablariga muvofiq kelishi (muhofaza berk yo’llari uchun - berk yo’lga olib boruvchi strelka), 
to’sish holati nazoratiga ega bo’lishi va harakat tarkibining poezdlarni qabul qilish, ketib borishi 
va jo’natish boshqa marshrutlariga va yo’llariga o’z-o’zidan chiqishini istisno qilishi kerak. 
Zarur hollarda, tushirish qurilmalari (tushiruvchi boshmoqlar yoki tushiruvchi strelkalar) 
o’rnatiladigan joylar, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarni signallashtirish bo’yicha 
Yo’riqnomaga muvofiq ko’rsatkichlar bilan jihozlanadi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling