O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


  SSB va aloqa qurilmalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

 


27 
SSB va aloqa qurilmalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish 
112. Turli hil o’zaro bog’liklarni amalga oshirsa bo’ladigan SSB apparatlari, shuningdek, 
poezd va stansiya radio aloqa apparatlari yopiq va plombalangan bo’lishi kerak; ularni ochishga 
signallashtirish va aloqa Markazining vakolatli xodimi tomonidan ushbu qurilmalarni ko’rik 
jurnalida yozib qo’yish sharti bilan yo’l qo’yiladi. SSB va radio aloqa apparatlarida 
plombalarning butunligiga ushbu apparatlardan foydalanuvchi navbatchi xodimlar (stansiya 
navbatchilari, markazlashtirilgan post operatorlari, strelka post navbatchilari, lokomotiv 
mashinistlari va boshqalar) javob beradi. 
113. Signalizatsiya va aloqa distansiyalari, distansiyada mavjud bo’lgan SSB va aloqa 
qurilmalari va ular xizmat ko’rsatadigan boshqa qurilmalarning chizmalari va ta’riflari, ularga 
tegishli me’yor va standartlarga ega bo’lishi kerak. Bu hujjatlarga o’z vaqtida o’zgartirishlar 
kiritib borilishi kerak. 
SSB qurilmalari bo’yicha namunaviy qarorlar DATK ning signallashtirish va aloqa 
Markazi boshlig’i tomonidan tasdiqlanandi. 
SSB qurilmalarida namunaviy bo’lmagan texnik qarorlardan foydalanishga yo’l 
qo’yilmaydi. 
114. SSB qurilmalari o’zaro bog’likligida vaqtincha o’zgartirishlarga DATK mintaqaviy 
temir yo’l uzeli boshlig’i ruxsati bilan ko’pi bilan 5 sutkaga, undan ko’p vaqt uchun DATK 
boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 
(114 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son 
ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
115. Belgilangan o’zaro bog’liqlikni buzuvchi yoki ularni vaqtincha to’xtatib qo’yuvchi 
SSB qurilma va uskunalarini qaytadan jihozlash, boshqa erga o’tkazish, ta’mirlash, sinash va 
almashtirish, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlangan rejaviy ishlar 
jadvalga ko’ra, bu jadvallarni bajarishning eng qisqa muddatini hisobga olib, amalga oshirilishi 
kerak. Barcha holatlarda stansiya navbatchisining ruxsatisiz va Yo’llar, strelka o’tkazgichlar, 
SSB, aloqa va kontakt tarmog’i qurilmalarining ko’rik jurnalida oldindan yozib qo’ymasdan bu 
ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida bunday 
ishlar faqatgina poezd dispetcheri roziligi amalga oshirilishi kerak. 
(115 band birinch xatboshii "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
Qurilmalarning stansiya navbatchisi xonasidan ancha uzoqda joylashganida bu 
qurilmalarni ishga tushirish xaqida yozuv, shuningdek, ularning nosozliklarini yo’qotish uchun 
vaqtincha o’chirilishi xaqidagi yozuv stansiya navbatchisiga uzatilayotgan va o’sha jurnalda 
qayd qilinadigan telefonogramma bilan almashtirilishi mumkin. Ishlarga boshchilik qiluvchi 
keyin bu qaydnomani o’z imzosi bilan tasdiqlab qo’yishi kerak. 
Belgilangan o’zaro bog’liqlik buzilmaydigan hollarda SSB ning ayrim qurilma va 
moslamalarini almashtirish va o’chirish stansiya navbatchisining (markazlashtirilgan 
dispetcherlik uchastkalarida – poezd dispetcherining) ruxsati bilan, Ko’rik jurnalida qayd 
qilinmasdan amalga oshirilishi mumkin. Bunday qurilma va moslamalarni almashtirish va 
o’chirish bo’yicha ishlar ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan 
o‘rnatiladi. 
(115 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
SSB ning amaldagi qurilmalarini sinash barcha hollarda stansiya navbatchisining ruxsati 
va ko’z ostida, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcherining ruxsati 
bilan amalga oshiriladi. 
116. Signal moslamalarining yoritilishi signal ko’rsatkichlarining aniq ko’rilishini 
ta’minlashi kerak. 
Yoritilishning o’z vaqtida va to’xtovsiz ta’minlanishi quyidagilarga yuklatiladi: 
svetofor va marshrut ko’rsatkichlari – signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshliqlariga; 


28 
stansiyalarda strelka ko’rsatkichlari, gidravlik kolonkalar va yo’lni berkitish 
ko’rsatkichlari – stansiya boshliqlariga; 
lokomotiv, vagon, yo’l va boshqa xo’jaliklarning signal moslamalari – tegishli 
bo’linmalarning boshliqlariga. 
Stansiya yo’llarida signal moslamalarining yoritish qurilmalarini elektr bilan ta’minlash 
elektr ta’minoti distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 
117. Signalizatsiya va aloqa distansiyasi xodimlari svetofor signallari va marshrut 
ko’rsatkichlarining doimiy normal ko’rilishini ta’minlashi kerak. 
Svetofor ko’rsatkichlarining ko’rinishi svetofor lampalarining har bir almashishidan 
keyin elektrmexanik tomonidan yo’ldan tekshirilishi kerak. 
Peregon va stansiyalarning asosiy yo’llaridagi signallarning ko’rinishi lokomotivdan, 
katta mexanik tomonidan kamida oyda bir marta, signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’i 
tomonidan kamida yil choragida bir marta tekshirilishi kerak.
Signalizatsiya va aloqa distansiyasi hamda lokomotiv depo boshliqlari yoki ularning 
o’rinbosarlari kamida yil choragida bir marta avtomatik lokomotiv signalizatsiya va radio aloqa 
ishini lokomotivdan turib tekshirishlari kerak. 
Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va poezd radio aloqasi faoliyati DATK signalizatsiya 
va aloqa Markazi hamda lokomotivlardan foydalanish Boshqarmasi boshliqlari tomonidan 
tasdiqlangan jadval bo’yicha natijalarni hujjatlashtirib, qayd qiluvchi vagon-laboratoriya 
tomonidan davriy tekshirib turiladi. 
Tekshirish natijalari signalizatsiya va aloqa hamda lokomotiv-lardan foydalanish 
Boshqarmasi boshliqlari tomonidan ko’rib chiqiladi. 
118. Yo’l, SSB, elektrta’minoti qurilmalari va harakat tarkibi, elektr rels zanjirining 
doimiy ishonchli faoliyatini ta’minlashi kerak. 
Elektr rels zanjirlarining to’xtovsiz ishlashini ta’minlovchi yo’l, SSB, elektr ta’minoti 
qurilmalari va harakat tarkibini saqlash me’yorlari va ularga texnik xizmat ko’rsatish tartibi 
DATK signalizatsiya va aloqa Markazi tomonidan o‘rnatiladi. 
119. SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi xodimlar, ulardan foydalanish tartibiga 
o’qitilishi va bilimlari tekshirilishi kerak. 
Signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’i, SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi 
boshqa xizmat xodimlarini o’qitishni ta’minlaydi. 
Ushbu qurilmalarni bilishini davriy tekshirish va o’qitish uchun, har bir boshliq o’z qo’l 
ostidagilar uchun mas’uldir. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling