O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Aloqa 
102. Barcha uchastkalarda poezd dispetcherlik, stansiyalararo poezd, stansiya bo’yicha, 
yo’l-liniya, strelka aloqalari bo’lishi kerak. 
Avtoblokirovka, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda va 
barcha elektrlashtirilgan uchastkalarda energodispetcherlik va peregon aloqasi bo’lishi kerak. 
Kabel aloqa liniyalari bo’lgan uchastkalar SSB va aloqa elektrmexaniklarining xizmat 
aloqasiga va energodispetcherlik aloqasiga ega bo’lishi kerak. 
Bundan tashqari, yo’llarda poezdlar harakatini, chiptalarni sotish va joylardagi korxonalar 
ishini boshqarish uchun magistral, yo’l, yo’l boshqaruv, chipta-dispetcherlik, vagon-
dispetcherlik, axborot-hisoblash, mahalliy hamda telefon va telegraf aloqaning boshqa turlari 
bo’lishi kerak.
103. Temir yo’lning barcha uchastkalari poezd radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak. 
Poezd radio aloqasi poezd lokomotivlari, motorvagon poezdlari, maxsus o’ziyurar 
harakat tarkiblari mashinistlarining: dispetcherlik uchastkasi ichida poezd dispetcheri bilan
peregonlarni chegaralovchi stansiya navbatchilari bilan; bir peregonda bo’lgan ketma-ket yoki 
qarama-qarshi kelayotgan lokomotiv, motorvagon poezdi, maxsus o’ziyurar harakat tarkibi 
mashinistlari bilan; temir yo’l kesishmalari va depo navbatchilari bilan; ta’mirlash ishlari 
rahbarlari va signalistlar bilan; poezd va ob’ektlardagi harbiylashtirilgan qo’riqlash o’qchilari 
bilan; kabinadan tashqariga chiqqan mashinist yordamchisi bilan; yo’lovchi poezd boshlig’i 
(mexanik-brigadiri) bilan; vagon ta’mirlovchi-qarovchilari bilan ishonchli ikki taraflama aloqani 
ta’minlashi kerak. 
Peregonlarning uzunligi, stansiyalarning berkitilishi yoki stansiya navbatchilarining 
navbatchiligini bekor qilinishi natijasida 15 km dan ortsa, poezd radio aloqasining yangi tizimi 
joriy qilinguniga qadar, peregonda ketib borayotgan poezd lokomotivlari, motorvagon poezdlari 
va maxsus o’ziyurar harakat tarkiblari mashinistlarining eng yaqin stansiya navbatchisi bilan 
aloqasiga, poezd dispetcheri bilan ishonchli aloqa mavjud bo’lgan holda yo’l qo’yiladi. Bunda, 
poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlovchi mashinistlar, poezd dispetcheri va stansiya 
navbatchilarining o’zaro hamkorlikdagi harakatlari tartibi va bunday peregonlar ro’yxati DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
Temir yo’llarning o’ta jadal poezd harakatlanishi va markazlashtirilgan dispetcherlik 
mavjud bo’lgan uchastkalarida tatbiq qilinayotgan yangi poezd radio aloqasi tizimlari, mazkur 
bandda ko’rsatilgan xodimlarning o’zaro ikki tomonlama ishonchli aloqasini, peregonlar 
uzunligining qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ta’minlashi kerak. 


25 
Poezd radio aloqasining texnik normativlari va foydalanish qoidalari DATK boshqaruvi 
raisi tomonidan o‘rnatiladi, poezd radio aloqasining nosozligi vaqtida harakat xavfsizligini 
ta’minlash tartibi esa, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezd harakati va manyovr 
ishlari bo’yicha yo’riqnomada ko’zda tutilgan. 
104. Stansiyalarda texnologik talablardan kelib chiqib stansiya radio aloqasi, ikki 
taraflama park aloqasi va yo’lovchilar uchun axborot aloqasi qo’llanilishi kerak. 
Stansiya radio aloqasi: manyovr va tepacha radio aloqasi, stansiya texnologik markazlari 
radio aloqasi, vagon va lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari, vagonlarni tijorat 
ko’rikdan o’tkazish punktalari radio aloqasi, konteyner maydonchalar radio aloqasi, texnik 
vositalar (SSB, aloqa, yo’l, kontakt tarmog’i va boshqalar) ni ta’mirlash va ularga xizmat 
ko’rsatish brigadalari, harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmalari radio aloqasi tarmoqlarida, ikki 
taraflama aloqani ta’minlashi kerak. 
Bir stansiya ichida har hil manyovr rayonlari uchun bir hil radiochastotalarni qo’llash 
mumkin emas. Stansiyaning har bir manyovr rayoni uchun va unga xizmat ko’rsatuvchi 
lokomotivlar uchun alohida radiochastota ajratiladi. 
Ikki taraflama park aloqasi qurilmalari park chegarasida yaxshi eshitilishni ta’minlashi 
kerak. Bu qurilmalar temir yo’l hududidan tashqarida shovqinni kamaytirishga yo’naltirilgan ish 
olib borishi kerak. 
Poezd va manyovr ishlari xaqida ko’rsatmalarni uzatishda, shuningdek, yo’lovchilarni 
axborot bilan ta’minlashda qo’llaniladigan ikki taraflama park aloqasi qurilmalari doimo ish 
holatida bo’lishi, aloqa kanallarining uzluksiz ishlashini ta’minlashi, yoqiqlilik holati nazoratiga 
ega bo’lishi kerak. 
105. Stansiyalar va dispercherlik uchastkalaridagi poezd va stansiya radio aloqasi 
qurilmalari (DATK boshqaruvi raisi belgilagan ro’yxatga binoan) so’zlashishlarning 
hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimi bilan jihozlanishi kerak. 
So’zlashishlarning hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimidan foydalanish tartibi DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
106. Peregonlar va yuk tashish hajmi katta liniyalar stansiyalarida ta’mirlash ishlarini 
boshqarish uchun ta’mirlash bo’linmalarining ish boshqaruvchi bilan, ish boshqaruvchining 
lokomotiv mashinistlari va tegishli xizmatning navbatchi apparati bilan ikki taraflama ishonchli 
aloqasini ta’minlash uchun ko’zda tutilgan ta’mir-tezkor radio aloqa qo’llanilishi kerak. 
Bu aloqa bilan jihozlanuvchi uchastkalar ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan 
tasdiglanadi. 
107. Poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lmagan masalalar bo’yicha poezd dispetcherlik va 
strelka aloqasidan foydalanish man etiladi. 
Markazlashtirilgan ijro postlari, strelka postlari va stansiya navbatchisining telefonlaridan 
boshqa telefonlarni strelka aloqasi tarmog’iga ulash taqiqlanadi. 
Poezd dispetcherlik aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilari, manyovr dispetcherlari
operatorlari, lokomotiv depo va almashtirish punkti navbatchilari, energodispetcherlar va 
lokomotiv dispetcherlari, signalizatsiya va aloqa distansiyasi muhandis navbatchilari, 
davlatlararo TXP (texnik xizmat ko’rsatish punkti) va TKP (tijorat ko’rigi punkt) lari 
navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi. Markazlashtirilgan dispetcherlik 
uchatskalarida poezd dispetcherlik aloqasiga DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan pereezdlar 
navbatchilarining telefonlarini ulashga ham yo’l qo’yiladi. 
Shtatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasining navbatchi xodimlari bo’lmagan yoki 
bo’lsa ham ularning kecha-kunduz navbatchilik qilishi ko’zda tutilmagan stansiyalarda stansiya 
boshlig’i, SSB elektrmexanigi va elektrmonterlari xonadonlarida o’rnatilgan telefonlarni poezd 
dispetcherlik aloqasiga ulashga ruxsat etiladi. 
Xonadonlarda o’rnatilgan telefonlarni poezd dispetcheri, maxsus pribor orqali faqatgina 
so’zlashuv uchun ketadigan vaqtga ulaydi. 
Peregonlarda poezd dispetcherlik aloqasi simlariga drezina haydovchilari (majburiy 
to’xtash vaqtida), tiklash va o’t o’chirish poezdi boshliqlari, SSB elektrmexaniklari, tiklash, yo’l 


26 
ishlari va elektr ta’minot qurilmalari bo’yicha ishlarning ish boshqaruvchisi ko’chma 
telefonlarini vaqtincha ulashga ruxsat beriladi. 
Stansiyalararo poezd aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilarining telefonlarini
avtoblokirovkali uchastkalarda, bundan tashqari, peregon aloqa telefonlari va pereezd 
navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling