O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stansiya blokirovkasi 96.
93. Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak.
Strelka va signallarning o’zaro kalitli bog’liqligi 94. Kalitli bog’liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o’zaro tutashuvini ta’minlashi kerak. 95. Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak: kalitni faqat qulflangan strelkadan chiqarishga yo’l qo’yish; ostryakning rama relsiga qattiq yopishib turishi sharti bilan strelkani qulfdan chiqarilgan kalitda ko’rsatilgan holatda qulflash; bir-biriga yopishgan ostryak va rama relsi orasidagi tirqish 4 mm va undan katta bo’lganda strelkani qulflash imkoniga yo’l qo’ymaslik. Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta strelka rayoni va unga qo’shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo’llash taqiqlanandi. Stansiya blokirovkasi 96. Stansiya blokirovkasi quyidagilarni ta’minlashi kerak: postlarning poezdlarni qabul qilish va jo’natish hamda stansiyalar ichidagi marshrutlarning to’g’ri tayyorlaganligini stansiya navbatchisi tomonidan nazorat qilish; har xil postlardan boshqariladigan strelka va signallarning o’zaro tutashuvi. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari 97. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, tarkiblarni tarqatishning hisob (loyihaviy) tezligi bilan uzluksiz, to’xtalishlarsiz va xavfsiz tarqatilishini 23 ta’minlashi kerak, bunda har bir tormozlash vaziyatida tormoz vositalarining quvvati ushbu tezlikni amalga oshirishni va vagonlarni xavfsiz saralashni ta’minlashi kerak. Mexanizatsiyalashtirilgan saralash tepachalarida tarkiblarning saralash yo’llari bo’ylab tarqatilishida qatnashayotgan strelka o’tkazgichlari, tepachaning elektr yoki tepachaning avtomat markazlashuviga kiritilgan bo’lishi kerak. Tepacha markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak: strelkalarni individual boshqarishni; tarkibning tarqatilishi amalga oshiriladigan harakat yo’nalishidagi strelkalarning, shuningdek harakat tarkibining tarqatish hududiga chiqishini istisno qiluvchi muhofaza strelkalarining elektr tutashuvini; boshqarish pultida strelkalar holati va strelka seksiyalari bandligini nazorat qilishni. Tepacha markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligi kerak. Strelkalarning tepacha avtomatik markazlashuvi, bundan tashqari, quyidagilarni ta’minlashi kerak: dastur yoki marshrut ish tartibida ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish jarayonida saralash tepaligining tarqatuvchi hududi strelkalarini avtomatik boshqarish; ostryak va ramali rels orasida o’tkazish vaqtida to’siq paydo bo’lib qolsa, ajratilgan vagon izolyasiyalangan seksiyaga kirmasidan avval strelkani nazorat holatiga avtomatik ravishda qaytarish; tarqatish jarayonida strelkalarni individual boshqarishga o’tkazish imkoniyati. Avtomatlashtirilgan saralash tepacha qurilmalari tepacha avtomat markazlashuviga ega bo’lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepachalarga qo’yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni ta’minlashi kerak: tarkiblarni yaqinlashtirish va tarqatishni nazorat qilish va boshqarish; ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish tezligini avtomatik tartibga solish; tarkibni tarqatish natijalarining nazorati; saralash stansiyasining axborot-reja tizimi bilan axborot almashish. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling