O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
31 8-bob. Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va ularni ta’mirlash Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish 131. Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazish bevosita ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan, shuningdek, ushbu qurilma va inshootlar qarashli bo’lgan stansiya, depo, distansiya yoki uchastka boshliqlari tomonidan tegishli nizom va yo’riqnomalar bilan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. Asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llaridagi strelka o’tkazgichlarini, bundan tashqari kamida oyda bir marta stansiya boshlig’i yo’l ustasi va SSB elektrmexanigi bilan birga ko’rikdan o’tkazishi kerak. Ko’rik natijalari va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish uchun kerakli choralar maxsus jurnalga yozib qo’yiladi va bu jurnalda nosozliklarni bartaraf etish va tuzilgan chora-tadbirlarni bajarilish muddatlari ham ko’rsatiladi. 132. DATK boshqaruvi raisi, DATK Markaz, boshqarma, mintaqaviy temir yo’l uzellari, korxonalari rahbarlari va tarmog korxonalar rahbarlari bo’linmalardagi xo’jaliklar ahvoli, mehnat intizomiga rioya qilishni doimiy ravishda tekshirishlari va barcha inshoot va qurilmalarning soz ahvolda saqlanishini, ish texnologiyasining bajarilishini harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur choralar ko’rishlari kerak. (132 band birinch xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazishni qamrab oluvchi bunday tekshiruvlarni amalga oshirish tartibi va ularning davriyligi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. DATK boshqaruvi raisi yoki DATK boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari tomonidan ko’rik yilda kamida ikki marta, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshliq'i tomonidan - yilning har choragida o’tkaziladi. (132 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling