O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash 
133. Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash harakat xavfsizligi va texnika xavfsizligini 
ta’minlagan holda, odatda, poezdlar harakat grafigini buzmasdan amalga oshirilishi kerak. 
Hajm jihatidan katta bo’lgan ta’mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun 
poezdlar harakat grafigida «okno»lar ko’zda tutilishi va bu ishlar uchun tezliklarni 
chegaralashlar hisobga olinishi kerak. 
Yo’l, sun’iy inshootlar, kontakt tarmoqlari va SSB qurilmalarini joriy saqlash bo’yicha 
ishlarni bajarish uchun DATK boshqaruvi raisi belgilagan tartibga ko’ra, poezdlar harakat 
grafigida ko’zda tutilgan, davomiyligi 1-2 soat bo’lgan «okno»lar, bu ishlarni kompleks 
mashinalar, maxsus brigada va mexanizatsiyalashgan kolonnalar bilan bajarishda esa 3-4 soatli 
«okno»lar ajratilishi kerak. 
Poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilmagan vaqt ichida bajariladigan yo’l, kontakt 
tarmog’i, SSB va aloqa qurilmalari hamda boshqa inshoot va qurilmalarning ta’mir ishlari, 
odatda, peregonni berkitmasdan amalga oshirilishi kerak. 
Agar bu ishlarni bajarish uchun harakatlarni to’xtatish kerak bo’lsa, bu ishlarning 
boshlanish va tamom bo’lish aniq muddatlari DATK YaDM boshlig’i tomonidan ishlar rahbari 
bilan birgalikda va tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelishilib, o‘rnatiladi. 
Harakatni to’xtatuvchi ishlarni, shuningdek, ishlab chiqarish uchun harakat grafigida 
«okno»lar ko’zda tutilgan ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt davomida ishlar rahbari poezd 
dispetcheri bilan doimiy (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi kerak. 
Poezdlar harakat grafigida «okno»lar kunning qorong’i vaqtlariga to’g’ri kelgan 
uchastkalarda, ishlar rahbari ish joyining yoritilishini ta’minlashi kerak. 


32 
134. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, yo’llar, 
tepachalardagi boshqa inshoot va qurilmalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish uchun 
DATK boshqaruvi raisi tomonidan ko’zda tutilgan tartibga ko’ra 0,7-1,5 soatli texnololgik 
«okno»lar berilishi kerak. 
135. Peregon va stansiyada harakat uchun har qanday to’siq (to’xtashni talab qiladigan 
joy), shuningdek, tezlikni kamaytirish yoki to’xtashni talab qiladigan harakat uchun xavfli 
bo’lgan ish bajarish joyi, poezd (manyovr tarkib) kelish-kelmasligidan qat’iy nazar ikki tarafdan 
signallar bilan to’silishi kerak. 
Quyidagilar man etiladi: 
harakat uchun xavfli, ishlarni amalga oshirish joyi yoki to’siqning signallar bilan 
ajratilishidan avval ishga kirishish; 
to’siq bartaraf etilmasdan, ishlar to’liq bajarilmasdan, yo’l, kontakt tarmog’i holati va 
gabaritlarga rioya qilish tekshirilmasdan avval to’siqni yoki ishlar amalga oshirish joyini 
to’suvchi signallarni olib tashlash. 
To’siqlarni va ishlarni amalga oshirish joylarini to’sish tartibi O’zbekiston Respublikasi 
temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 
136. Yo’llarda ishlarni amalga oshirish joyini to’suvchi ko’chma signallarni o’rnatish va 
ularni muhofaza qilish uchun ishlar rahbari brigada xodimlari ichidan tegishli sinovlardan o’tgan 
signalchilarni ajratadi. Signalchilar temir yo’l transportining boshqa xodimlari uchun qabul 
qilingan bosh kiyimlaridan o’zgacha bo’lgan bosh kiyimlariga ega bo’lishi kerak. 
Yo’lda yoyilib ish bajarayotganda, shuningdek, kichik radiusli egri uchastkalarda, 
o’ymalar va signallar qiyin ko’riniadigan joylarda, poezdlar tig’iz harakatlanuvchi uchastkalarda 
ishlar rahbari ish joyini chegaralovchi signallar oldidagi xodim bilan (telefon yoki radio) aloqani 
o’rnatishi kerak. Signalchilar va ishlar rahbarlari UQT-diapozonli radiostansiyalarni olib yurishi 
kerak. Ishlarni amalga oshirish joylarini aloqa bilan ta’minlash tartibi DATK boshqaruvi raisi 
tomonidan o‘rnatiladi. 
137. Stansiya yo’llarida, to’xtash yoki tezlikni kamaytirish signallari bilan to’sib 
qo’yishni talab qiladigan ishlarni, stansiya navbatchisi ruxsatisiz va yo’llar, strelka 
o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoqlarini ko’rikdan o’tkazish Jurnalida ishlar rahbari 
tomonidan oldindan qayd qilinmasdan amalga oshirilishi man etiladi. Markazlashtirilgan 
dispetcherlik uchastkalarida bunday ishlar ko’rsatilgan tartibda, lekin faqat poezd 
dispetcherining ruxsati bilan bajarilishi kerak. Yo’l va sun’iy inshootlarning butligiga zarar 
etkazmasdan kuchlanishi o’chirilgan holda kontakt tarmog’ida bunday ishlarni bajarishda, 
shuningdek, to’satdan paydo bo’lgan nosozliklarni yo’qotish bo’yicha ishlarni bajarishda ishning 
boshlanishi yoki tamomlanishi xaqidagi yozuv ish jurnalida qayd qilinuvchi ishlar rahbari 
tomonidan stansiya bo’yicha (markazlashtirilgan dispetcherlik uchaskalarida poezd 
dispetcheriga) uzatiladigan telefonogramma bilan o’zgartirilishi mumkin. 
Ish tamom bo’lganidan keyin qurilmalarni ishga tushirish stansiya navbatchisi tomonidan 
yo’l, strelka o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoq qurilmalarining ko’rik Jurnalidagi 
ishlar rahbarining yozuvi asosida yoki shu jurnalda qayd qilinadigan (keyinchalik ishlar 
rahbarining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadigan) stansiya navbatchisiga uzatiladigan 
telefonogramma asosida amalga oshiriladi. 
138. Ishlarni bajarish uchun bir yo’lli uchastkalarda peregonni va ikki yo’lli 
uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’llarni yopish, agar bu qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan 
harakat o’lchamlarining o’zgarishiga olib kelmasa, DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi 
boshlig’i bilan kelishilgan holda DATK YADM ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar yo’llarni 
yopish qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarini o’zgartirishga olib kelsa, bu 
qo’shni temir yo’l rahbariyati bilan kelishilgan holda DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan 
bajariladi. 
Poezdlarning kompaniya boshqa uchastkalari bo’ylab aylanma 
yo’llardan 
harakatlanishiga olib keladigan peregon va yo’llarni yopish DATK ruxsati bilan amalga 
oshiriladi. 


33 
139. Bir yo’lli uchastkalarda peregonning, ikki yo’lli va ko’p yo’lli uchastkalarda bir yoki 
bir nechta yo’lning yopilishi xaqida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i kamida bir kun 
oldin tegishli ishlar rahbarlarini ogohlantiradi. 
(139 band birinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Peregon va yo’lning ochilishi va yopilishi, ishlarning boshlanishidan avval va tamom 
bo’lgandan keyin, poezd dispetcherining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. 
Ishlar rahbari peregon va yo’llarning yopilgani va ish joyining signallar bilan to’silgani 
xaqida poezd dispetcherining (bildirishnoma, telefonogramma yoki telegramma shaklidagi) 
buyrug’ini olmasdan avval ishga kirishishi taqiqlanadi. 
140. Ishlarni qaysi tashkilot bajarganidan qat’iy nazar, yo’l ishlari yoki sun’iy 
qurilmalardagi ishlarning tugagani, poezdlarning to’xtovsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun 
to’siqlar bartaraf etilgani xaqida yo’l distansiyasi boshlig’i yoki u vakil qilgan, lavozimi yo’l 
ustasinikidan kichik bo’lmagan xodimning yozma bildirishnomasi, telefonogramma yoki 
telegrammasi olinganidan keyin, peregon yoki yo’llarning ochilishi amalga oshiriladi. 
Amaldagi SSB va aloqa qurilmalarinig faoliyatini tiklash, SSB va aloqa katta 
elektrmexanigidan, elekt ta’minoti qurilmalari uchun esa energodispetcherdan bildirishnoma 
olinganidan so’ng amalga oshiriladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling