O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


-bob. Stansiya xo’jaligining inshoot va qurilmalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

5-bob. Stansiya xo’jaligining inshoot va qurilmalari 
54. Stansiyalar yo’llarining rivojlanishi va texnik ta’minoti poezdlar harakatining 
belgilangan miqdorlari, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, yuk va bagajlarni ortish, tushirish, 
tarkib va vagonlarni ishlovdan chiqarish jarayonlarining vaqt me’yorlarini bajarilishini, texnik 
vositalardan samarali foydalanish, poezdlar harakati xavfsizligi va mehnatning xavfsiz 
sharoitlarini ta’minlashi lozim. 
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan binolar, platformalar va boshqa inshoot 
va qurilmalar me’moriy-badiiy ko’rinishga ega bo’lishi lozim, yo’lovchilarni tashish bilan 
bog’liq jarayonlarni qulay va xavfsiz bajarilishini ta’minlashi kerak. Zarur hollarda yo’lovchi 
platformalariga o’tish uchun piyodalar tonneli yoki ko’priklar bo’lishi kerak. 
Stansiyalardagi piyodalarning o’tish joylari bir sathda bo’lgan hollarda, ular piyodalar 
yurishi uchun to’shamalar, ko’rsatkichlar va ogohlantiruvchi yozuvlar, zarur hollarda esa 
avtomatik signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim. 
Yo’lovchi stansiyalari, joylarni band etish va chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi, 
chipta bosib chiqaradigan mashina va avtomatlar tizimi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish yuk saqlash 
kameralari, poezdlar jo’nashining avtomatik ko’rsatkichlari, ma’lumot berish qurilmalari bilan 
jihozlanadi. 
Peregonlardagi yo’lovchi to’xtash punktlari usti yopiq yoki pavilonli yo’lovchi 
platformalariga, xizmat ko’rsatiladigan yo’lovchilar soniga muvofiq chipta sotadigan kassalarga 
ega bo’lishi kerak. 
Yuk va sovutgich qurilmalari yuklarning saqlanishini va yuk jarayonlarini qulay 
bajarilishini ta’minlashi lozim. 
55. Faoliyati poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan xodimlar (stansiya navbatchilari, 
manyovr dispetcherlari, signallashtirish va aloqa distansiyalari xodimlari va boshqalar) uchun 
mo’ljallangan xizmat binolari va xonalarida mehnat qilish uchun zarur sharoitlar bo’lishi kerak. 
Stansiya navbatchilarining xizmat xonalarida boshqarish va nazorat asboblari, jumladan, 
stansiya navbatchisining faoliyatiga bevosita aloqador bo’lgan avtomatlashtirilgan ish o’rni 
uskunalarini hamda yoritishni markazlashgan boshqarish va seksiya ajratgichlarini masofada 
turib boshqarish pultlarini o’rnatishga ruxsat beriladi. Boshqa uskuna va jihozlarni o’rnatilishiga 
alohida istisno hollarida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 
(55 band ikkinchi xatboshii "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 
1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Yo’lovchi va yuklarni jo’natuvchi hamda qabul qiluvchilarga xizmat ko’rsatuvchi 
xodimlarning xonalariga o’tish, jarayonlarning tez bajarilishi uchun qulay bo’lishi lozim. 


15 
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan xonalarni boshqa maqsadlarda band etish 
taqiqlanadi. 
56. Yo’lovchi va yuk poezdlari aralash harakatlanuvchi liniyalarda joylashgan yo’lovchi 
va yuk platformalari to’g’ri uchastkalarda yo’lning o’qiga nisbatan balandlik va masofa bo’yicha 
quyidagi me’yorlarga mos kelishi lozim: 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling