254. Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar.
Stansiya xodimlari poezdni jo’natishdan avval stansiyaning texnologik ish jarayoni,
texnikaviy-boshqaruv aktlari, harakat grafigi va poezdlarni tuzish rejasiga muvofiq
ravishda poezdning to’g’ri tuzilganligi, ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri va
mahkam o’rnatilgani, bu yuklarning bus-butunligi to’la ta’minlangani, poezd o’rnatilgan
signallarga ega ekanligi va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganini tekshirishlari kerak.
Yuk va yuk-yo’lovchi poezdlarining oxirini ko’rsatuvchi signal uskunalariga texnik
xizmat ko’rsatish, bu poezdlarga signal uskunalarini osish va echib olish vagonlarga texnik
xizmat ko’rsatish punktlari xodimlariga yuklatiladi.
Poezdlarni tekshirish tartibi va stansiyaning tegishli xodimlarining mas’uliyatlari
mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi
boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
255. Poezdlar tuzish stansiyalarida har bir yuk vagonlari va yuk-yo’lovchi poezdlari
uchun jo’natilish oldidan etakchi lokomotiv mashinistiga DATK tomonidan belgilangan shaklda
natura varag’i va eltish hujjatlari muhrlangan holda topshiriladi. Tarkibida eltish hujjatlari
bo’lmagan vagonli poezdlarni jo’natish man qilinadi.
Bosh konduktori (poezd tuzuvchisi) bo’lgan poezdlarda natura varag’i va eltish hujjatlari
unga topshiriladi. Bu holda bosh konduktor (poezd tuzuvchisi) natura varag’iga binoan
mashinistni jo’natilayottan poezdning tarkibi bilan tanishtirib chiqishi kerak.
Yo’nalish bo’ylab vagonlar ulangani yoki uzilganida poezdning natura varag’iga stansiya
xodimlari tomonidan tegishli o’zgarishlar kiritilishi kerak. Barcha yo’lovchi (motorvagon
poezlardan tashqari) va pochta-bagaj poezdlari uchun poezd natura varag’i yo’lovchi poezdining
boshlig’i (mexanik-brigadiri) ga topshiriladi.
256. Stansiya navbatchisi har bir poezdning aniq jo’nash yoki o’tib ketish vaqti, zarur
hollarda, poezd tarkibini ifodalovchi boshqa ma’lumotlarni poezdlar harakat jurnalida belgilab
qo’yishi kerak va poezd jo’natilgan qo’shni stansiya navbatchisiga va poezd dispetcheriga zudlik
bilan xabar berishi kerak. Bundan tashqari, stansiya navbatchisi poezd xaqidagi zarur
ma’lumotlarni avtomatik boshqaruv tizimiga uzatilishini ta’minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |