O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Poezdni alohida hushyorlik bilan boshqarish


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Poezdni alohida hushyorlik bilan boshqarish (ведение поезда с особой 
бдительностью). Lokomotiv brigadasining poezd harakatlanish sharoitlariga doimiy, yuqori 
darajada e’tiborli bo’lishi. 
Yuk vagonlari (вагоны грузовые). Yuklar tashishga mo’ljallangan vagonlar. Ularga 
yopiq vagonlar, yarim vagonlar, platformalar, sisternalar, yuk tashish uchun ixtisoslashtirilgan 
vagonlar: bunker turidagi vagonlar, termoslar, refrijerator vagonlar (avtonom refrijerator 
vagonlarni ham hisobga olib), xopperlar (don tashigichlar, sement tashgichlar, mineral 
tashgichlar), transporterlar, konteyner tashigichlar, shuningdek, yuk vagoni turidagi maxsus 
vagonlar kiradi. 
(5-bo’lim beshinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 
02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 
Yo’lovchi vagonlari (вагоны пассажирские). Yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan 
vagonlar. Ularga shuningdek, pochta, bagaj, vagon-restoranlar, xizmat-texnik (xizmat vagonlari, 
klublar, sanitar, sinov, o’lchov, laboratoriyalar va boshqa yo’lovchi turidagi maxsus) vagonlar 
kiradi. 
Havo oralig’i (izolyatsiyalangan tutashish) (воздушный промежуток (изолирующее 
сопряжение)). Kontakt tarmog’i qo’shni uchastkalarining elektr izolyatsiyasi (tok bo’linma) 
bilan tutashishi. Izolyatsiyalovchi tutashish shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibi pantografi 
undan o’tayotganda, tutashuvchi uchastkalar elektrli ulanadi. 
Yordamchi post (вспомогательный пост). Yo’l rivojlanishiga ega bo’lmagan va faqat 
shahobcha yo’lining birikish punktiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan peregondagi post. 
Yo’lovchi poezdlarining yuqori tezlikdagi harakati. Yo’lovchi poezdlarining 201-250 
km|soat tezlik intervallaridagi harakati.
(5-bo’lim to’qqizinchi xatboshi bilan "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 
yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi).

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling