O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Suruvchi lokomotiv (подталкивающий локомотив). Ayrim peregonlarda yoki 
peregonning bir qismida etakchi lokomotivga yordam berish uchun belgilanadigan lokomotiv 
(poezd oxirida). 
Shahobcha temir yo’li (железнодорожный подъездной путь). Alohida korxonalar, 
tashkilotlar va muayyan yuk jo’natuvchi va yuk qabul qiluvchilarga xizmat qilish uchun 
mo’ljallangan, umumiy temir yo’llar tizimiga uzluksiz temir izlar bilan ulangan, temir yo’lga 
yoki tashkilotga tegishli temir yo’l. 
(5-bo’lim o’ttiz oltinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 
yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 


71 
Poezd (поезд). Vagonlarning belgilangan signallarga ega bitta yoki bir nechta ishlab 
turgan lokomotiv yoki motorli vagonlar bilan ulanib tuzilgan tarkibi. Peregonga jo’natiladigan 
vagonsiz lokomotivlar, motorli vagonlar va maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ham poezd deb 
qaraladi. 
(5-bo’lim o’ttiz ettinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 
yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 
Yuk-yo’lovchi 
poezdi 
(поезд грузо-пассажирский). Poezd kam yuradigan 
uchastkalarda yuk va yo’lovchilarni tashish uchun yuk va yo’lovchi vagonlardan tuziladi. 
Uzun tarkibli yuk poezdi (поезд грузовой длинносоставный). Bunday poezdning 
uzunligi (shartli vagonlar hisobida) shu poezd o’tadigan uchastkada harakat grafigiga ko’ra 
belgilangan eng katta me’yordan ham ortib ketadi. 
Og’irligi oshirilgan yuk poezdi (поезд грузовой повышенного веса). Og’irligi 6 ming 
tonnadan ortiq, tarkibning boshida, boshida va oxirida, boshida va oxiridan uchdan bir qismida 
bir yoki bir nechta ishlab turgan lokomotivli yuk poezdi. 
(5-bo’lim qirqinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 
02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling