O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

II bob. Asosiy terminlar 
8. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalarda qo’llanilgan asosiy terminlar quyidagi ma'nolarni 
anglatadi: 
"yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati" – yo’lovchi poezdlarini 141-160 va 161-200 
km/soat tezlik intervallari bilan harakatlanishi; 
"tezyurar yo’lovchi poezdi" – yo’lovchi poezdlari tezyurar harakatiga mos keluvchi 
tezliklar bilan qatnovchi yo’lovchi poezdi;
"tezyurar liniya" - tezyurar poezdlar haraktlanuvchi temir yo’l liniyasi;
"temir yo’llarning tezyurar qatnov uchastkasi" – yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 
161-200 km/soat tezligi belgilangan temir yo’l uchastkasi;
"poezdlarning birgalikdagi harakati" - temir yo’lning bir uchastkasida yuk va 
yo’lovchi poezdlarining harakati.
III bob. Temir yo’l, elektr ta'minoti, SSB va aloqa 
inshootlari va qurilmalari 
§1. Bo’ylama profil va yo’l rejasi 
9. Tezyurar harakat uchun temir yo’llar uchastkalari bo’ylama profili va yo’l rejasi 
O’zbekiston Respublikasi xududida amal qiluvchi normativ hujjatlar talablariga javob berishi 
kerak.
10. Mavjud egrilarda poezd oqimi tuzilmasiga bog’liq ravishda yo’lovchi poezdlarining 
eng katta harakat tezliklari quyidagilardan oshirmaslik shartidan kelib chiqib belgilanadi:
so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning yo’lovchi poezdi uchun 0,7 m/s
2
va yuk 
poezdlari uchun 0,3 m/s
2
;
so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning ortib borish tezligi 0,4 m/s
3
dan oshirmasdan. 
Tuproq ko’tarmasini qaytadan qurilishsiz egrilarni joylashtirishni bajarib bo’lmaydigan 
qiyin sharoitlarda, "O’zbekiston temir yo’llari" DATK ruxsati bilan yo’lovchi poezdlarining 
so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishini 1,0 m/s
2
gacha oshirishga yo’l qo’yiladi.
11. Tezyurar uchastkalar egrilarida tashqi rels hisobiy balandligi "O’zbekiston temir 
yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi. Bunda qabul qilingan hisobiy balandlik 5 mm gacha 
yaxlitlanadi, balandlikning maksimal ko’rsatkichi esa 150 mm dan oshmasligi kerak.
12. To’g’ri uchastkali barcha aylanma egrilar, shuningdek turli radiusli tarkibiy egrilar, 
uzunligi harakat tezligi, egri radiusi va tashqi rels balandligiga bog’liq o’tish egrilari bilan 
tutashishlari kerak. 


77 
13. Tezyurar uchastkalar asosiy yo’llari reja va profili, yo’l rejasi va profili o’zgarishiga 
olib keluvchi yo’l ishlari o’tkazilishi oldidan va keyin asbobiy davriy tekshirishlarga jalb 
qilinishlari kerak.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling