O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Tormozlash yo’li (тормозной путь). Mashinist kranini yoki shoshilinch tormozlash 
kranini tormozlash vaziyatiga o’tkazgan paytdan poezd to’la to’xtagunga qadar bosib o’tgan 
masofa. Tormozlash yo’llari tormozlash turiga ko’ra (xizmat, to’la xizmat va shoshilinch 
tormozlash) ajratiladi. 
Qiyalik (уклон). Temir yo’l bo’ylama profilining elementi bo’lib, gorizontal chiziqqa 
nisbatan qiyaligi bo’ladi. Pastki nuqtadan yuqori nuqtagacha qarab harakatlanayotgan poezd 
uchun qiyalik ko’tarilish deb, yuqori nuqtadan pastki nuqtaga qarab harakatlanayotgan poezd 
uchun pasayish deb yuritiladi. 
Tutib qoluvchi berk yo’l (улавливающий тупик). Uzoqqa cho’ziladigan qiya yo’l bilan 
tushishda boshqaruvni yo’qotgan poezd yoki poezdning bir qismini to’xtatib qolish uchun 
mo’ljallangan berk yo’l. 
Temir yo’l liniyasining uchastkasi. Temir yo’l liniyasi bo’lagi bo’lib, uning yo’llari 
bo’ylab temir yo’l harakat tarkibining belgilangan vazifalariga muvofiq harakatlanishi to’liq 
ta’minlanadi.
Temir yo’l infratuzilmasi. Temir yo’l texnologik qurilmalari, inshootlari va jihozlari 
majmuasi bo’lid, u orqali poezdlarning bir manzil punktidan boshqasigacha harakatini, temir yo’l 
harakat tarkibini tuzish, tarqatish, aylanishi, texnik xizmat ko’rsatishilishi bo’yicha 
operatsiyalarni o’z ichiga olib to’liq ta’minlaydi.
O’zi yurar maxsus temir yo’l harakat tarkibi.
 
Ishlarni amalga oshirishga zarur bo’lgan 
materiallarni yoki tashkilot xodimlarini ish joyiga tashish uchun mo’ljallangan motovoz, drezina, 
maxsus avtomotrisalar, transport rejimidagi tortish uzatmali avtonom dvigateliga ega temir yo’l-
qurilish mashinalari. 
 
(5-bo’lim sakson ikkinchi-sakson to’rtinchi xatboshilar bilan “O’zdavtemiryo’lnazorat” 
DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). 


75 
O’zbekiston Respublikasi
temir yo’llaridan texnikaviy 
foydalanish qoidalariga 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling