O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Markazlashtirilmagan strelka (стрелка нецентрализованная). Ostryaklari o’tkazish 
mexanizmlari yordamida, bevosita strelka yonida o’tkaziladigan strelka. 
Markazlashtirilgan strelka (стрелка централизованная). Ostryaklari (qo’zg’aluvchan 
o’zakli krestovina bo’lganida o’zak ham) bitta markaziy punktdan turib boshqariladigan maxsus 
qurilma yordamida o’tkaziladigan strelka. 
Strelkali o’tkazgich (стрелочный перевод). Harakat tarkibini bir yo’ldan ikkinchi 
yo’lga o’tkazuvchi qurilma. Strelka o’tkazgichlar strelka, krestovina va ular orasidagi 
birlashtiruvchi yo’llardan iborat bo’ladi. Krestovinalarning o’zaklari qo’g’zaluvchan va 
qo’zg’almas bo’lishi mymkin.
Strelkali post (стрелочный пост). Markazlashtirilmagan boshqarishdagi bitta yoki bir 
nechta strelkali o’tkazgichlar bo’lib, ularga strelkali postning bitta navbatchisi xizmat ko’rsatadi. 
Strelka rayoni (стрелочный район). Qo’shni strelkali postlar guruhidan iborat bo’lib, 
strelka postining bitta katta navbatchisi nazoratida turadi. 
Yo’ldan olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklar (съемные подвижные единицы). 
Olib qo’yiladigan drezinalar, elektrlashtirilgan uchastkalardagi ta’mirlash minoralari, yo’l 
vagonchalari, yo’l o’lchagichlar, defektoskop va boshqa aravachalar hamda qo’zg’aluvchan 
birliklar bo’lib, ular xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan qo’lda olib qo’yilishi mumkin. 
Xizmat tormozlash (торможение служебное). Oldindan belgilangan joyda poezdni 
to’xtatish yoki tezlikni kamaytirish uchun har xil kattalikdagi bosqichlar bilan tormozlash. 
Shoshilinch tormozlash (торможение экстренное). Poezdni zudlik bilan to’xtatish 
talab etiladigan hollarda qo’llaniladigan tormozlash, bunga magistralni shoshilinch ravishda 
razryadlash yo’li bilan erishiladi, bunda eng katta tormozlash kuchiga erishiladi. 


74 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling