11300 Sotib olingan veksellar
11301 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar — Hujjatsiz
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan xorijiy veksel/tratta(o‘tkazma
veksel)larning va/yoki shu kabi muomaladagi moliyaviy vositalarning hamda kredit liniyasi
bo‘yicha amal qilish muddati tugamagan xorijiy veksellar bilan qoplangan cheklarning hisobi
olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki qayta sotilgan veksellarning nominal
qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va
11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati, shuningdek, to‘lovchilar bo‘yicha alohida
shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |