15600 Lizing (moliyaviy ijara)
15601 Boshqa banklarga berilgan lizing
15605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing
15607 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing
15609 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing
15611 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing
15613 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing
15615 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi
uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan berilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing bo‘yicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz so‘ndirilganda kelib tushgan pul mablag‘lari,
shuningdek 15617 — “Muddati o‘tgan lizing” va 15619 — “Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan
lizing” hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa
hisobvaraqlarga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |