O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

19900 Boshqa aktivlar
19901 Mayda xarajatlar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  o‘rnatilgan  tartibda  mayda  xarajatlar  uchun  beriladigan
hisobdorlik summalari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning  debetida  mayda  xarajatlar  uchun  hisobdorlik  sifatida  berilgan
summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  foydalanilmagan  mablag‘larning  qaytarilishi,  shuningdek
hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  hisobdor  shaxs  bo‘yicha  alohida  shaxsiy  hisobvaraqlarda  olib
boriladi.
19903 Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  mijozlarning  hisobvaraqlariga  kirim  qilinishi  lozim  bo‘lgan
inkasso  qilingan  pul  tushumlari  va  cheklarning  summasi  hisobga  olinadi.  Kun  oxirida  ushbu
hisobvaraqda qoldiq bo‘lmasligi kerak.
Hisobvaraqning  debetida  qayta  hisoblanguncha  mijozlarning  hisobvaraqlariga  yoki
29804  —  “Boshqa  banklar  mijozlarining  inkasso  qilingan  pul  tushumlari  va  cheklari”
hisobvarag‘iga  oldindan  kirim  qilinadigan  inkasso  qilingan  pul  tushumlari  va  cheklarning
summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblashdan keyin
aniqlangan ortiqcha mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  qayta  hisoblashdan  keyin  kassaga  qabul  qilingan  pul
tushumlari  va  cheklarning  summasi,  shuningdek  qayta  hisoblash  vaqtida  aniqlangan  o‘z
mijozlarining hiobvaraqlaridan yoki 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining pul tushumlari va
cheklari” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kamomad summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling