Tahliliy hisob har bir bank filiali bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22205 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar
va xizmatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis hamda filial va/yoki bir bankning filiallari o‘rtasida
tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Ushbu hisobvaraq uchun 16104 — “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Tovar-
moddiy qimmatliklar va xizmatlar” o‘zaro hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning
aylanma va qoldiqlari teng bo‘lishi lozim. Jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha
qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida ko‘rsatilgan xizmatlar va omborga qabul qilingan tovar-
moddiy qimmatliklar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga belgilangan muddatlarda to‘lanadigan
mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: