qimmatli qog‘ozlar
22314 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga
sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22316 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va
jamiyatlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
22396 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa kreditorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi
uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti
bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha sotilgan qimmatli
qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan
tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismi bo‘iicha sotilgan qimmatli
qog‘ozlarning qiymati, shuningdek kelishuvyushg ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni
qaytadan sotish narxi bilan kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib
olish o‘rtasidagi farqning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan
oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qaytadan sotib olingan
qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotnb olish sharti
bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvshshg ikkinchi qismi bajarilmaganda,
bank portfelidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarning turi
va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |