O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet476/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   472   473   474   475   476   477   478   479   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

22620 Korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar
uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  plastik  kartochkaga  kelib  tushgan  mablag‘lar  summasi  aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning  debetida  plastik  kartochkadan  hisobdan  chiqarilgan  mablag‘lar
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22622  Yuridik  shaxslar  o‘z  vakolatxonalari  va  filiallari  ta’minoti  uchun  ajratgan
mablag‘lar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  yuridik  shaxslar  tomonidan  vakolatxona  va  filiallari  ta’minoti
hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat
safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi,
avtotransport  xarajatlari)  qoplash  uchun  ajratilgan  mablag‘larning  hisobi  yuritiladi.  Filiallar
faqat  yuridik  shaxsning  asosiy  hisobvarag‘i  bo‘yicha  qarzdorligi  (2-sonli  kartoteka)  bo‘lmagan
holda o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning  kreditida  yuqori  tashkilotning  hisobvaraqlaridan  kelib  tushgan
mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
(III-bo‘lim  22622-hisobvarag‘ining  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki
Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning  debetida  vakolatxonalar  va  filiallar  tomonidan  joriy  xarajatlarni  (ish
haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to‘lovlar,  mahalliy  soliqlar,  xizmat  safari  xarajatlari,  suv,  gaz,
elektr  energiyasi,  telefon  va  boshqa  kommunal  to‘lovlar,  ijara  haqi,  avtotransport  xarajatlari)
va  qonunchilikka  muvofiq  boshqa  xarajatlarni  to‘lash  uchun  o‘tkazilgan  mablag‘lar  summasi
aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


22624  Ayrim  turdagi  aksizli  tovarlarni  sotadigan  yuridik  shaxslarning  maqsadli
mablag‘lari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  yuridik  shaxslarning  “Ayrim  turdagi  aksizli  tovarlarni  ishlab
chiqarish  va  sotishning  hisobi  tizimi  to‘g‘risida”gi  Vaqtinchalik  nizom  (ro‘yxat  raqami  1390,
2004-yil 26-iyul)ga muvofiq, ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotishdan kelib tushgan maqsadli
mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning  kreditida  tovar  (mahsulot)larning  sotishdan  kelib  tushgan  naqd  pul
tushumining, shuningdek, plastik kartochkalar vositasidag‘i to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazilgan summalar aks
ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  mijoz  va  tovar(mahsulot)larning  turi  bo‘yicha  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda yuritiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   472   473   474   475   476   477   478   479   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling