23106 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar,
kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar
xodimlarining plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit
hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar
bo‘yicha o‘z xodimlarining plastik kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlari yoki filiallarning
hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha
majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul
mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |