23108 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar,
kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha budjet tashkilotlari xodimlarining
plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning
mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar,
kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda budjet
tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari
xodimlarining plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib
boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning
mablag‘lari hisobiga budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 20205, 21506, 21508, 23400
hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha
majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul
mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23110 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar,
kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki
ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona
qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |