23114 Ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha jismoniy
shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit
hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning
mablag‘lari hisobiga ish joyiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ijtimoiy nafaqalar,
kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda
jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi
olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar
hamda davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya
fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha
majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul
mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23116 Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |