54208 Chiqarilgan veksellar bo‘yicha foizli xarajatlar
54210 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun
ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar va boshqa qimmatli
kog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar, diskont amortizatsiyasi summalari,
shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan
hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi,
shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar)
(aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |