56300 Xizmat safari va transport xarajatlari
56302 Xizmat safari xarajatlari
56306 Yashash xarajatlar
56310 Fraxt xarajatlar
56314 Yoqilg‘i
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun
ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlarning xizmat safari bilan bog‘liq (transport (xizmat
safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit
doirasidagi kunlik xarajatlar; fraxt (bank ofislari o‘rtasida jihozlar va boshqa mulklarni
ko‘chirish) xarajatlari, xususiy va ijaraga olingan harakat vositalari uchun foydalaniladigan
yoqilgi xarajatlari, shuningdek o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda xizmat safari uchun
foydalaniladigan bank xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun xarajatlar hisobi olib
boriladi.
Hisobvaraqning debetida xizmat safari va transport uchun qilingan xarajatlar summasi
aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi,
shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof
foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |