56602 Eskirish — Bank binosi, inshoatlar va boshqa imoratlar
56606 Eskirish — Investitsiya qilingan ko‘chmas mulkning eskirish summasi
56610 Eskirish — Transport vositalari
56614 Eskirish — Mebel va jihozlar
56616 Eskirish — To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish
uskunalari
56618 Eskirish — Nomoddiy aktivlar
56622 Eskirish — Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
56626 Eskirish — Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
56630 Eskirish — Ombordagi asosiy vositalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun
ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va ko‘chmas
mulkka qilingan investitsiyalar uchun hisoblanadigan eskirish xarajatlarining hisobi olib
boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan eskirish summasining qaytarilishi,
shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof
foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |