90143 Ekspertizaga qabul qilingai yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa
boyliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga
jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning
hisobi olib boriladi. Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar va tangalar nominal
bo‘yicha, boshqa boyliklar esa “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu
hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-
hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga
jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalari
tomonidan ekspertizaga qabul qilingan, ekspertizaga qabul qilish tasdiqlanganidan so‘ng
hisobdan chiqarilgan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |