Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun
olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda
emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan
yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar
blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan qimmatli qog‘ozlar
blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari
“donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96305 —
“Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq
hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek
emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlar
blankalarining qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan,
shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli
qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q
qilingan yoki to‘langan qmmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalarning
summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: