90305 O‘zRMBning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun
olingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari va qimmatli
qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan
to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va
boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan
qimmatli qog‘ozlar blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli
qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq
uchun 96307 — “O‘zRMBining qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-
hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek
emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarining blankalari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan,
shuningdek hisobdorlik asosida berilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi.
Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘langan qimmatli qog‘ozlarning
emitentlarga berib yuborilgan blankalari summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |