90965 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: inkassoga qabul qilingan mahalliy veksellarning, trattalarning
yoki cheklarning, shuningdek boshqa hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu
hisobvaraqda to‘lov hujjatlari to‘lovlar muddati kelgunga qadar hisobga olinadi. Ushbu
hisobvaraq uchun 96323 — “Inkassoga qabul qilingan mahalliy (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-
hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning,
shuningdek inkassoga qabul qilingan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq yoki qisman-qisman qilib to‘langan hujjatlarning
summasi hamda akseptdan rad qilish natijasida qaytarilgan yoki 90963 — “Muddatida
to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan hujjatlarning summalari aks
ettiriladi. Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga qabul qilingan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida
shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |