90960 Xabar qilingan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bankning bir vakil-banki tomonidan boshqa vakil-bankka
ochilgan akkreditivi hisobi olib boriladi. Bunda ushbu bank bu akkreditivning bajarilishi
bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 —
“Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay
qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor
qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |