90955 Tasdiqlangan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyorning banki tomonidan mahsulot yetkazib beruvchi
foydasiga ochilgan va emitent-bankning iltimosiga binoan importyor banki tomonidan
tasdiqlangan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Bu bilan tasdiqlovchi bank ushbu
akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘ziga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun
96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq
hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek
foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi
yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |