90958 Tasdiqlangan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy vakil-banklardan kelib tushuvchi va eksportchi-bank
tomonidan tasdiqlanuvchi, xorijiy importchilar tomonidan mahalliy ekportchilar foydasiga
ochilgan akkreditivlar hisobi olib boriladi. Akkreditiv importchining xorijiy banki tomonidan
ochiladi va mahalliy ekportchi eksportchi-bankdan o‘z tovarlarini jo‘natishdan oldin
akkreditivni tasdiqlab berishni so‘raydi. Ekportchi-bank akkreditivni tasdiqlashi bilan ushbu
akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ushbu hisobvaraq
uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq
hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek
foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha muddati tugagandan keyin qaytarilgan summasi,
akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |