O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti
Qonun quyidagi yo‘nalishlardagi muhim masalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi, jumladan
Download 96.18 Kb.
|
Hayitboyev Farrux Audit fanidan kurs ishi
Qonun quyidagi yo‘nalishlardagi muhim masalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi, jumladan:
- auditorlik faoliyatini faqat Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish; - auditorlik faoliyatini lisenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarish; - majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi zarur bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish; - auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish; - auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini qo‘llash sohasidagi faolligini oshirish; - manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga yo‘naltirilgan auditorlar professional faoliyatining ahloq qoidalarini joriy etish. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, maxsus vakolatli davlat organi sifatida Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish. Shuningdek, auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining miqdoriga bo‘lgan talab bekor qilindi, biroq auditorlik tashkilotidagi auditorlarning eng kam soni kamida to‘rt nafar bo‘lishi belgilandi, hamda bitta xo‘jalik yurituvchi sub'ektda auditorlik tekshiruvini ketma-ket yetti yilgacha o‘tkazishga ruxsat berildi va boshqalar. Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, Banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qayd etilishicha, auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, halollik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Auditorlar farazlarga asoslanib fikr bildirishdan holi bo‘lishi va obro‘sini tushirishi mumkin bo‘lgan omillarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Auditorlik tashkilotining mustaqilligiga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, auditorlik tashkiloti auditorlik xizmatlarini ko‘rsatishdan voz kechishi kerak. Auditorlar xolis bo‘lishi va manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa shaxslar tomonidan bosimlar sababli o‘z professional mulohazasini riskka qo‘ymasligi lozim. Auditor professional burchiga va axloqiy talablarga sodiq bo‘lishi, shuningdek, auditorlik tashkiloti obro‘siga ta'sir ko‘rsatadigan holatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Auditor ushbu Qonun talablariga amal qilishi, auditorlik tashkiloti tarkibida sifatli auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni ushlab turishi lozim. Auditorlik tashkilotlari auditorlari va ishchilari auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ma'lum bo‘lgan ma'lumotlarni auditorlik xizmati ko‘rsatilgan shaxsning yozma roziligisiz oshkor etmasligi lozim, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan, Buxgalterlar xalqaro federatsiyasi tomonidan chop etilgan, O‘zbekiston Respublikasida rasmiy nashr qilishga Xalqaro Auditorlik Amaliyoti Komitetidan ruxsati olingan, maxsus vakolatli organ va (yoki) auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytida joylashtirilgan audit, sifat nazorati, umumiy tekshiruvlar va turdosh xizmatlar bilan bog‘liq xalqaro standartlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Auditorlarning professional ahloq kodeksi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik tashkilotlari auditorlarning axloqiy xatti-harakatlari jamiyat manfaatlariga, umumiy moral normalarga, mustaqillik, xolislik, halollik, professional malakaviylik va maxfiylik prinsiplariga muvofiq kelishini ta'minlaydi. Download 96.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling